Eldor Riberi, Eriksen va Handanovichdan yuqorida!
25 may 2021 15:33
Yangiliklar
Eldor Riberi, Eriksen va Handanovichdan yuqorida!
Biz uchun ahamiyatlisi, hamyurtimiz Eldor SHomurodovning Italiya chempionatidagi ajoyib harakatlari bo'ldi. Surxondaryolik futbolchi kuzda Rostovdan Apennin sari yo'l olar ekan, uning top-ligada o'ynab keta olishiga shubha qilganlar talaygina edi. Biroq, SHomurodov nafaqat o'ynadi, balki "Eldorado"ga aylandi.

23 may kuni Eldorning mavsum davomida Edin Jeko ("Roma"), Olive Jiru, Timo Verner (har ikkovi — "CHelsi"), Usmon Dembele ("Barsa"), Mauro Ikardi (PSJ) hamda Aleksis Sanchesdan ("Inter") ko'proq gol urgani haqida malumot bergandik.

Bugun Italiyaning "La Gazzetta dello Sport" nashri o'z tasnifiga ko'ra A Seriyaning o'tgan mavsumda yaxshi o'ynagan futbolchilar yuzligini elon qildi. Unda kuchli o'nlik quyidagicha ko'rinish kasb etgan:
1. Romelu Lukaku ("Inter")
2. Frank Kesse ("Milan")
3. Krishtianu Ronaldu ("Yuventus")
4. Luis Muriel ("Atalanta")
5. Nikolo Barella ("Inter")
6. Rodrigo de Paul ("Udineze")
7. Zlatan Ibragimovich ("Milan")
8. Lorenco Insine ("Napoli")
9. Ashraf Hakimi ("Inter")
10. Remo Froyler ("Atalanta")

Eldor SHomurodov esa reytingning 85-pog'onasiga joylashtirilgan. Etiborli jihati, 8 ta gol urgan forvard "Inter"ning chempionligiga munosib hissa qo'shgan Samir Handanovich, italyan futbolining so'nggi 10 yillikdagi eng kuchli himoyachisi Jorjo Kellini, "neradzurrilar"ning qimmatbaho yarim himoyachisi Kristian Eriksen hamda afsonaviy Frank Riberidan yuqoriroqqa joylashgan.

Malumot uchun, A Seriyaning o'tgan mavsumida 554 nafar futbolchi maydonga tushdi. Ulardan 336 nafari legionerlar hisoblanadi.
F.R.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar