So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  0 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  3 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Eldor Karimov: "Pro-ligada o'ynash uchun tajriba to'pladik" Yangiliklar

Eldor Karimov: "Pro-ligada o'ynash uchun tajriba to'pladik"

“Zomin” mavsum yakunlariga ko'ra, Pro-ligaga yo'llanma oldi. Birinchi liganing 21-turida jamoa o'z maydonida "CHig'atoy"ni qabul qildi va 6:3 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvdan so'ng "Zomin" klubi sardori Eldor Karimov bilan suhbatlashdik.

- Dastavval, Pro-ligaga yo'llanma olganimiz bilan barcha jamoadoshlarim va muxlislarimizni tabriklayman, - deya gap boshladi Karimov. Bugun “CHig'atoy” jamoasi ancha mazmunli o'yin ko'rsatdi. Ayniqsa, ikkinchi bo'limda raqib hisobda ortda qolayotgan bo'lsa-da, oxirgi daqiqalargacha kurashdi. SHu tomonlari bilan menda ijobiy taassurot qoldirdi. Aytish kerakki, bugun ko'p vaziyatlarda bizning omadimiz keldi.

- Pro-liga yo'llanmasi uchun kechgan kurash borasida fikringiz?
- Biz mavsum boshidan buyon shu maqsad sari harakat qildik. Albatta, bunga osonlikcha erishmadik. Xususan, ikkinchi davraga kelib qiyinchiliklarga duch keldik. O'tkazilgan ikki uchrashuvda yutqazib qo'ydik. Lekin jamoaviy hamjihatlik evaziga vazifani bajardik.

- Mavsum davomida qaysi jamoalarga qarshi bahslar “Zomin” uchun qiyin kechdi?
- Oson o'yinni o'zi bo'lgani yo'q. Deylik, har bir raqib etarlicha qarshilik ko'rsatdi. “Navbahor-Farm”, “Neftgazmontaj” va “Jomboy” klublariga qarshi bahslarda hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda to'p yo'llab, g'alabani qo'lga kiritdik. Nazarimda, “Zomin” uchun mazkur o'yinlar qiyin kechdi.

- “Zomin” Pro-ligada to'p tepishga tayyormi?
- Albatta, bunga tayyormiz. Avvalgi mavsumda ham Pro-ligada ishtirok etganmiz. Afsuski, o'z darajamizga o'yin ko'rsata olmadik, ko'p ochkolarni qo'ldan chiqardik. Birinchi ligada o'ynab, tajribamizni oshirdik va Pro-ligada munosib ishtirok etish uchun tayyormiz. Taxminimcha, tarkibda o'zgarishlar bo'ladi. Men Pro-ligaga olib chiqqan barcha futbolchilarni saklab kolishini istardim.

- Raqiblar darvozasini 10 marotaba ishg'ol qildingiz. SHundan 6 tasini penalti orqali kiritdingiz. Aytingchi, penalti ijro etish vaqtida hayojon kuzatilmaydimi?
- Albatta hayojon kuzatiladi. SHunday o'yinlar bo'ldiki, hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda uni ijro etish  imkoniyati paydo bo'ldi. O'sha vaqtlarda albatta menda hayojon kuzatildi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика