So’nggi yangiliklar

Eldor Boymatov: "Hujumda bitta bo'lsa ham imkoniyatimiz bo'lishini aytgandim" Yangiliklar

Eldor Boymatov: "Hujumda bitta bo'lsa ham imkoniyatimiz bo'lishini aytgandim"

O'zbekiston kubogining 2-turidan o'rin olgan "Qiziriq" - "Bunyodkor" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Eldor Boymatov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Uchrashuvda himoyadan o'yin tashkil etishni maqsad qilgandik. CHunki Superliga klubi bilan ochiq futbol namoyish etib bo'lmasdi. Biz himoyadan o'yin tashkillab, qarshi hujumda o'z imkoniyatimizni kutdik.

- "Bunyodkor"ga qarshi o'yindan oldin jamoani qanday ruhlantirdingiz?

- Bizning yigitlar uchun "Bunyodkor" stadionida o'ynashning o'zi katta motivaciya bo'ldi. CHunki tarkibimizdagi 90 foiz yigitlar bu stadionda birinchi marta futbol o'ynadi.

- "Bunyodkor" siz kutganchalik o'yin namoyish etib bera oldimi?

- Albatta, biz "Bunyodkor"dan mana shunday o'yinni kutgandik. Uchrashuvning boshida gol urilganida balki yirik hisob ham qayd etilishi mumkin edi. Tanaffusda yigitlarga xotirjamlikni saqlash lozimligi, hujumda bitta bo'lsa ham imkoniyatimiz bo'lishi haqida aytgandim.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика