EL. "Vilyarreal" - "Karabax" o'yini koronavirus sabab ko'chirildi
10 dek 2020 11:47
Yangiliklar


EL. "Vilyarreal" - "Karabax" o'yini koronavirus sabab ko'chirildi
Bugun bo'lib o'tishi kerak bo'lgan Evropa Ligasi guruh bosqich 6-tur doirasidagi "Vilyarreal" - "Karabax" o'yini o'tkazilmaydigan bo'ldi.
Bu haqda ispan klubi matbuot xizmati xabar bermoqda. O'yin Ozarbayjon klubidagi koronavirus bilan bog'liq vaziyat sabab nomalum muddatga ko'chirildi.
O'yinni qachon bo'lib o'tishi hali malum emas. Ozarbayjon klubiga shunchaki texnik mag'lubiyat ham yozilishi mumkin.
O'yinning musobaqa jadvaliga tasiri yo'q. "Vilyarreal" 13 ochko jamg'argan va I guruhida birinchi o'rinni kafolatlagan. O'z navbatida "Karabax" 1 ochko to'plagan holda 4-o'rinda bormoqda. O'yin natijasidan qatiy nazar "Karabax" so'nggi o'rinda qoladi.
Jamoalarning ilk o'yini Istanbulda bo'lib o'tgan va bahs ispan klubining 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan.
O’xshash yangiliklar
23:29
BAA Pro ligasi. "Al Bataeh" kutilmaganda "Sharja"dan ustun keldi, "Al Vahda"dan yirik g'alaba 0

Fikrlar