El-SHaaravi: "Xorvatiya bilan durang - yomon natija emas"
17 noy 2014 14:15
Yangiliklar


El-SHaaravi: "Xorvatiya bilan durang - yomon natija emas"
Italiya terma jamoasi hujumchisi Stefan El-SHaaravi Xorvatiyaga qarshi Evro-2016 doirasidagi saralash uchrashuvi haqida o'z taasurotlarini gapirib berdi.
"Milan" uchun birinchi golni urganimdan va terma jamoaga qaytganimdan xursandman. Biz yaxshiroq o'yin ko'rsatmoqchi bo'ldik, ammo afsuski durangga erishdik. O'z o'yinimdan ko'nglim to'ldi.
Srna oldingi chiziqla o'ynay boshladi va murabbiy mendan uni qo'riqlashni so'radi. Birinchi 10 daqiqada bu ish qiyin bo'ldi, ammo keyin jamoa to'pga egalik qilib, bir nechta imkoniyat yaratdik. Ulardan foydalana olmaganimizdan afsusdaman.
Xorvatiya terma jamoasi - juda kuchli raqib, shu sababli ular bizga qiyinchilik yaratishdi. Bunday uchrashuvdagi durang yomon natija emas" - deydi El-SHaaravi.

Fikrlar