So’nggi yangiliklar

00:46Шмейхель "Селтик"да фаолиятини якунлаган Жо Харт ўрнини тўлдирди  1 00:29Маркос Льорентени кўриш учун салкам 10 минг км масофа босиб ўтган мухлис у билан учрашолмади  3 00:13Расман: Лени Йоро — "Манчестер Юнайтед" футболчиси!  1 23:52"Интер Майами" Месси иштирокида учинчи либосини намойиш этди  1 23:35Расман: Гринвуд — "Марсель" футболчиси!  0 23:13Норчаев дубль қайд этган баҳсда Ўзбекистон ОТЖ Янги Зеландияни мағлубиятга учратди  9 22:51"Реал Мадрид" "Ал Насср" футболчиси билан шартнома имзоламоқчи  6 22:38"Манчестер Сити" "Жирона" футболчисини таркибга қўшиб олди  6 22:14Расман: Микаутадзе — "Лион" футболчиси!  2 21:57Мбаппе "Реал"даги рақамини ўзгартирмоқчи  9 21:30Эшитдик-да! "Бунёдкор" хорватиялик футболчини ўз сафига қўшиб олди  7 21:03"Барселона"нинг 20 ёшли дарвозабони ҳаммомда вафот этди  10 20:46ОКМК Беларусь клуби билан ҳамкорлик шартномаси имзолади  8 20:29Ҳамдаллаҳ Саудиянинг бошқа клубига ўтиш арафасида турибди  3 20:12Назорат учрашуви. "Олимпик" "Металлург"ни мағлубиятга учратди  4

Hammasi "Bernabeu"da hal bo'ladi. "Barselona" - "Real" 1:1 Yangiliklar

Hammasi "Bernabeu"da hal bo'ladi. "Barselona" - "Real" 1:1

"Barselona" hamda "Real" o'rtasidagi Ispaniya Kubogi yarim final birinchi uchrashuvi yakuniga etdi.

Barcelona

Malcom - 57'

Copa del Rey . 1/2-tur

07/02/2019, 00:00

1
:
1
Tugadi

Real Madrid

Lucas Vazquez - 6'

Stadion: Camp Nou, 92008 tomoshabin

Bosh hakam: Antonio Mateu

45'
90'
43'  Nelson Semedo
56'  Luis Suarez
57'  Malcom
58'  Jordi Alba
63'  Ivan Rakitic (Arturo Vidal)
63'  Philippe Coutinho (Lionel Messi)
76'  Malcom (Carles Alena)
88'  Arturo Vidal
6'  Lucas Vazquez
6'  Karim Benzema
10'  Sergio Ramos
57'  Marcelo
63'  Marcos Llorente (Casemiro)
64'  Vinicius Junior (Gareth Bale)
84'  Lucas Vazquez (Marco Asensio)

Barselona – Real 1:1 (0:1, 1:0)
«Kamp Nou»

Gollar: 0:1 – 6 Vaskes, 1:1 – 57 Malkom.
Barselona: ter Stegen, Pike, Alba, Nelson Semedu, Langle, Artur, Buskets, Koutino (Messi, 63), Rakitich (Vidal, 63), Malkom (Alenya, 76), Suares.
Real: Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Kroos, Lorente (Kazemiro, 63), Vaskes (Asensio, 84), Modrich, Vinisius Junior (Beyl, 64), Benzema.
Ogohlantirishlar: Ramos (10), Nelson Semedu (43), Suares (56), Marselo (57), Alba (58), Vidal (88).

GOLLARNI BU ERDAN KO'CHIRASIZ: TELEGRAM


90. Uchrashuv yakunlandi. Javob o'yini 27 fevral kuni "Real"ning uy stadioni "Santyago Bernabeu"da bo'lib o'tadi.

88. Sariq kartochka. Arturo Vidal raqib qarshi hujumini qo'pollik bilan to'xtatib qoldi.

86. Kroos "Barselona" darvozasini ishg'ol qilishga urindi, ammo Pike zarbani qaytardi.

84. O'zgarish. Lukas Vaskes o'rniga Marko Asensio.

83. Nelson Semedo juftligi raqib jarima maydoniga kirib bordi, argentinalik forvard chiziq ustida qolib ketgani tufayli, uning uzatmasi Navas tomonidan ilib olindi.

82. Modrichning uzatmasidan so'ng ter SHtegen darvozasini tashlab, to'pni qaytarishga urindi, ammo tekkan to'p yana "Qirollik klubi" futbolchisiga tushdi, jamoadoshidan to'pni qabul qilgan Beyl zarba berishda xatoga yo'l qo'ydi va bor-yo'g'i burchak zarbasi ishlab oldi.

79. Suares raqib jarima maydonchasi ichida yiqildi, ammo hakam qoida buzilmaganini ko'rsatdi.

77. Yana bir uzun uzatma hikoyasi gol bilan yakunlanishi mumkin edi, ammo hozirgina maydonga tushgan Alena pas o'rniga zarba berdi va hujum muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

76. Malkom o'rniga "Barselona" akademiyasi tarbiyalanuvchisi Alena maydonga tushdi.

75. Ramos yana qo'pollik ishlatdi, ammo hakam bu safar uni ayadi.

73. Bosh hakam Matteo Laos "Barselona" murabbiylaridan birini maydondan chiqarib yubordi. Gap Ernesto Valverde haqida ketmayapti.

72. O'yin biroz sokinlashdi. Futbolchilar aniq pas yordamida biroz dam olishga qaror qilishdi. 

68. Leo hujumga o'tdi va qarshisidagi so'nggi himoyachi oyoqlari orasidan to'pni o'tkazishga urindi, ammo uning niyati amalga oshmadi. Uchrashuvni sharhlayotgan arab jurnalisti esa ushbu hujumni quyidagicha yakunladi. "Xush kelibsan Leo".

66. Messi maydonga tushishi bilan Kataloniya klubi futbolchilari to'pni ping-pongdagidek tez uzatib o'ynashmoqda. 

63. O'zgarish. Rakitich o'rniga Vidal, Koutino o'rniga Messi, Vinisius o'rniga Beyl va Lorente o'rniga Kasemiro maydonga tushdi.

62. "Real" futbolchisi Markos Lorente uchrashuvni davom ettira olmaydi.

59. Golni so'zlar bilan etkazib berish qiyin, shuning uchun videoni Telegram kanalimizdan ko'chirib qo'ya qoling.

58. GOOOOOLLL!!! MALKOM! Hujum chap qanotdan boshlandi, Xordi Alba va Navas uzun pasni ilib olishga urinishdi, to'p posbonga tegib orqaroqdagi "Barselona" futbolchisiga tushdi, u darvozaga chap oyog'i bilan zarba berdi, himoyachilar bir amallab golni yo'qqa chiqarishdi, ammo qaytgan to'pni Malkom o'z qanotida ushlab oldi (oyoqlari bilan) va darvozani aniq nishonga oldi.

57. Sariq kartochka olish navbati "Real"ga keldi. Marselo hujumda raqibiga qo'pollik ishlatdi. 

56. Suares sariq kartochka oldi. Hujumda qo'pollik ishlatgan Luis hakamga etiroz bildirgani uchun ogohlantirildi. Arturo Vidal va Lionel Messi maydon tashqarisida mashg'ulot o'tkazishmoqda.

53. "Barselona"ning 50 yoki 60ta uzatmalik hujumini Koutino yakuniga etkazdi. Filippening uzoq masofadan bergan zarbasi noaniq ketdi. Bu paytda Messi butsalarini kiymoqda.

52. "Barselona" futbolchilari raqib himoyasidagi xatodan foydalanib, to'pni olib qo'yishdi, Malkom to'pni qabul qilishi bilan qarshisidagi himoyachilarni ko'rib, to'pni orqaga uzatib yubordi.

49. "Barselona" ismlar 10 martalab qaytariladigan hujumlarini boshladi. Kataloniya klubi aynan shu uslubi bilan dunyoga mashhur.

47. Xordi Alba oyog'ini ushlab yotibdi. Lukas Vaskes raqibining oyog'ini bosib ketibdi. Alba o'rnidan turdi, uchrashuv davom etyapti.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Jamoalar maydonga qaytishdi. Hozircha "Barselona" safida siz kutgan o'zgarish yo'q.

Arab ekspertlarining fikricha, "Real"ning muvaffaqiyatli o'yinida Benzema katta rolni ijro etmoqda.

Bizga taqdim etilayotgan maxsus effektli lavhalarda Karim Benzema uzatmalarga yaxshi ochilayotgani, to'pni o'zida ishonchli ushlab turgani va to'g'ri pas berayotgani ko'rsatildi.

beIN Sports studiyasida arab sharhlovchilari mehmoni bo'lgan Uesli Sneyder uchrashuv haqida fikr bildirayotib, quyidagi gapni aytib o'tdi: "Barselona"ga so'nggi pas va zarbani beruvchi futbolchi etishmayapti",

Tanaffus vaqtida saytimiz o'quvchilariga o'yindan suratlar taqdim etamiz.

Ikkinchi bo'lim va Messini kutamiz.

45. Birinchi bo'lim yakunlandi.

44. Artur Karvaxalga qarshi qo'pollik ishlatdi. O'yin biroz to'xtadi. 

42. Vinisius o'zining yana bir maqsadiga erishdi. Uning qanotida o'ynayotgan Semedo sariq kartochka oldi. Juniorning keyingi maqsadi Nelsondan qutilish bo'lsa kerak. Albatta, futbol o'yini doirasida.

41. "Barselona" raqibini o'z jarima maydonchasiga qamab qo'ymoqchi, ammo uzatmalarda xatoga yo'l qo'yilmoqda. Operatorlar ham muxlislar, Kataloniya klubi futbolchilari kabi Messini sog'inishibdi. Televizorlarda Messi tez-tez namoyish etilyapti.

40. Malkom o'zining chaqqonligi bilan raqiblarini aldab o'tmoqda, ammo pas berishga kelganda... U Messidek tajribali emas. 

39. O'yin biroz tinchlandi, ammo to'pga egalik qilish bo'yisa ustunlik ko'k-anorranglilar tomonda.

36. Navas Suaresning o'ta xavfli zarbasini qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Qoyil!

35. Taktika o'yinida raqibidan ustun kelayotgan grossmeyster.

33. Madridliklar javob tariqasida juda xavfli qarshi hujum uyushtirishdi, ammo ularga biroz omad etishmadi.

32. Malkom yana o'zi o'ynayotgan o'ng qanotda jarima zarbasi ishlab oldi. Nuqta raqib jarima maydonining yonginasida. ZARBAAA! Uzatmadan so'ng "Barselona" futbolchisi to'pni boshi bilan darvozaga burdi, ammo to'sin "Real"ni goldan qutqarib qoldi.

31. Endi Kataloniya klubi qanoti ishga tushdi. Semedo jarima maydoni ichiga kirib, to'pni markazga uzatdi, ammo himoyachilar to'pni chiqarib yuborishdi.

30. "Real"ning qanotlari juda faol. Vaskes va Vinisius himoyachilarni tindirmayapti.

29. uzun yoqlari bilan Vinisiusdan to'pni olib qo'ydi, ammo hakam xushtagini chaldi. To'p Serxioning qo'liga tekkan ekan.

27. Braziliyalikning uzatmasi xavfli tus oldi, Ramos Pikening zarbasi yo'nalishini o'zgartirdi. Burchak zarbasidan uzatilgan to'p Ter SHtegen darvozasi tomonga qaytarildi.

26. Malkom raqib jarima maydonchasining o'ng qanot burchagida standart vaziyat ishlab oldi. Lorente qo'pollik ishlatdi. To'p oldida jabrlanuvchining o'zi.

25. "Barselona" to'pni o'zida uzoq ushlab tura olmayapti. Kataloniya klubi tezroq hujum uyushtirib, hisobni tenglashtirmoqchi, ammo shoshqaloqlik bilan hech narsaga erishib bo'lmaydi.

23. "Qirollik klubi" Vinisius formulasini qo'llashda davom etmoqda. Yosh hujumchi o'zini juda yaxshi ko'rsatyapti.

22. No Messi, no party! Kataloniya klubi Messisiz mag'lubiyatga uchrayapti. Leoning kayfiyati esa juda yomon.

20. MALKOM! Braziliyalik yarim himoyachi Navas bilan birga-bir chiqib darvozani ishg'ol qila olmadi. Buning ustiga hakam xushtagini chalib, ofsayd bo'lganini bildirdi.

19. Hisobdagi ustunlik "qaymoqranglilar" tomonida. Darvozaga aniq zarbalar soni bo'yicha ham Solari shogirdlari ustunlik qilishyapti.

15. "Real" o'yinning ilk 15 daqiqasida ko'proq Vinisius yordamida hujum qildi. Hozircha Solarining taktikasi foyda beryapti. Oldinda yana 75 daqiqa bor.

13. Rakitich o'z yarim maydonida to'pni oldirdi, Vinisius, Benzema Kataloniya klubining bir himoyachisiga qarshi chiqishdi, ammo to'pga egalik qilgan braziliyalik pas berishni istamay, darvozani ishg'ol qilishga urindi. Xato qaror. Himoyachi zarba yo'liga to'g'anoq bo'ldi.

12. "Real" raqibning hujumlarini yo'qqa chiqarib, tezkorlik bilan qarshi hujum amalga oshirmoqda. O'yin kutilganidanda qiziqroq o'tmoqda. Buni uchrashuvni tomosha qilayotgan muxlislar tasdiqlashi mumkin.

11. Yana qoidabuzarlik. Bu safar Modrich markaz va o'z jarima maydonchasi o'rtasida qo'pollik ishlatdi. Kartochka berilmadi.

10. Sariq kartochka! Malkom va Semedo devor uslubida o'ynayotganini ko'rgan Serxio Ramos, portugaliyalik yo'liga devor bo'ldi va hakam tomonidan ogohlantirildi.

8. Hisob ochilganidan so'ng "Barselona" xavfliroq hujum uyushtirishga harakat qilmoqda, ammo mehmon jamoa aniqroq o'ynab, Kataloniya klubi hujumini yo'qqa chiqaryapti.

6. GOOOOOLLL!!! Lukas Vaskess!! Vinisius Junior o'z qanotidan to'pni jarima maydonchasining narigi qismiga uzatdi, Benzema esa Albadan o'tgan to'pni markazroqdagi Vaskesga tashladi. Ispaniyalik esa yaqin masofadan darvozani ishg'ol qildi. 0:1.

5. ZARBAAA! Kroos qanotdan kelgan Vinisiusning uzatmasini qabul qildi va darvoza tomon zarba yo'lladi. Ter SHtegen to'pni ushlab olmadi, ammo xavfni bartaraf etdi.

4. Bir necha soniyalardan so'ng Vinisius Junior shunday vaziyatda qoldi.

3. Koutino raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqdi, ammo yon hakam bayroqchasini ko'tarib, o'yindan tashqari holat borligini ko'rsatdi.

2. Tarkiblar bilan tanishgan bo'lsangiz kerak. Bahsning asosiy yulduzlaridan biri Messi zaxirada, biroq "Barselona" Leosiz ham g'alaba qozona olishini isbotlagan.

1. Uchrashuv boshlandi.

- Assalomu alaykum hurmatli futbol muxlislari. Bir necha daqiqalardan so'ng "Barelona" va "Real" o'rtasidagi uchrashuv start oladi. Ushbu o'yinni biz bilan kuzating, zeriktirib qo'ymaslikka harakat qilamiz.

Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика