So’nggi yangiliklar

10:53Бугун Ўзбекистонда трансфер ойнаси ёпилади. Жамоаларда амалга ошаётган трансферлар барчаси битта саҳифада  0 10:22«Шўртан» «Пахтакор» тарбияланувчиси билан шартнома тузди  0 09:50Шомуродов «Рома» сафида энг яхши натижани қайд этмоқда  3 09:22Ўртоқлик учрашуви. «Қалдирғочлар» навбатдаги ғалабасини қўлга киритди  0 08:56Клаудио Раньери навбатдаги ғалабадан сўнг нималар деди?  3 08:28Ўзбекистон футзал терма жамоасининг яна бир аъзоси легионерга айланди  0 08:00Моуринью «Галатасарой» мураббийлари ва футболчиларини маймун деб атади. «Галатасарой» бу бўйича ФИФАга арз қилмоқчи  9 07:33Sofascore. Гол ва ассист қайд этган Шомуродов кечаги баҳсда қандай баҳо олди?  2 07:03Элдор Шомуродов кечаги ўйинда қандай статистика қайд этди?  4 06:55Серия А. "Рома" - "Монца" 4:0, Шомуродовда 1+1  1 02:38А Серия. "Рома" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродовдан гол+пас  53 00:10Туркча "Эл Классико". "Галатасарой" ва "Фенербахче" муроса кўчасини танлади  7 23:43"Сити" ёзда 7 нафар футболчи билан хайрлашмоқчи  9 23:19Ишчиларни камайтираётган МЮ энди ходимлар учун бепул тушликларни ҳам бекор қилмоқчи  9 22:56Назорат учрашуви. "Қизилқум" Россия клубини мағлуб этди  1

"El Klasiko"dan ko'chirma, retro translyaciya va haq bo'lgan Babayan. Namanganda bo'lib o'tgan "Navbahor" – "Paxtakor" to'qnashuvi haqida (Bekzod Tolibov blogi) Yangiliklar

"El Klasiko"dan ko'chirma, retro translyaciya va haq bo'lgan Babayan. Namanganda bo'lib o'tgan "Navbahor" – "Paxtakor" to'qnashuvi haqida (Bekzod Tolibov blogi)

Kecha O'zbekiston Superligasining barcha mavsumlarida ishtirok etib kelayotgan ikki principial raqiblar to'qnashuvi guvohiga aylandik.

"Navbahor" va "Paxtakor" jamoalari o'rtasidagi o'yinlar har doim ham qiziq o'tgan. Bu qarama-qarshilik so'nggi yillarda o'zining yanada avj pallasiga chiqdi. Nafaqat Namanganda yoki Toshkentda, shunaqa o'yin borligidan eshitib qolgan o'zbek futbolidan xabardor har kim bu to'qnashuvni intiq kutadi. Bu jamoalar to'qnash kelganida principial qarama-qarshilik maydonda ham, tribunalarda ham davom etadi. Futbolchilaru-muxlislar o'zaro raqib, shunchaki tinch o'tmaydigan, chempionat doirasidagi odatiy o'yin kabi sokin o'tishi go'yo mumkin bo'lmagandek to'qnashuv. Kechagisi avvalgilariga qaraganda do'stona kayfiyatda o'tgandek ko'rindi, faqat mezbon jamoa muxlislari "Paxtakor" vakillari o'tirgan tribunaga turli buyumlar uloqtirishgani bilangina yodda qoldi.

O'yin haqida to'liq to'xtalmoqchi emasman. Ko'rdingiz, dastlab Alijonovning mohirona uzatmasidan so'ng qaerdandir jarima maydoni ichkarisida paydo bo'lib qolgan Dragan CHeran bosh bilan zarba yo'llab, hisobni ochdi. "Paxtakor" ikkinchi golni ham bosh bilan yo'llangan zarbadan keyin urdi, bu vaziyatda yosh futbolchi Muhammadqodir Hamraliev tajribali hujumchilar kabi aniq harakat qildi. "Navbahor"ning javobi ikkinchi bo'limga to'g'ri keldi. Jarima maydoni ichida yuzaga kelgan "talato'p"dan so'ng gruziyalik Toma katta sahnaga chiqdi, gol urdi va hisobni qisqartirdi. O'yin davomida Tabatadze dubl qayd etishi ham mumkin edi, biroq uning ikkinchi bo'lim so'ngida bosh bilan yo'llagan zarbasi darvoza to'siniga tegib, maydonga qaytdi.

Samvel Babayan o'yinni 4-5-1 taktik sxemasi bilan boshladi, Oston O'runov birinchi bo'limning o'zidayoq majburan almashtirilganida ham bu uslub o'zgarmadi. Yarim himoyachi ampluasida o'ynaydigan Doniyor Abdumannopov Ostonning o'rniga tushirildi va namanganliklarning o'yinga tanlagan uslubiga o'zgartirish kiritilmadi. Natijadan kelib chiqib ikkinchi bo'limda Temurxo'ja Abduxoliqov maydonga tushirildi, bunda taktik sxema 4-4-2 ko'rinishiga o'zgardi.

"Paxtakor" ham ayni "Navbahor" tanlagan taktik sxemadan foydalandi, biroq 4-5-1 uslubi CHeran yoki Turg'unboev oldinga chiqqanida vaqti-vaqti bilan 4-4-2 ko'rinishiga o'zgarib turdi. Biroq Kamoliddin Tojievning o'yin davomida qo'llagan almashtirishlari ham pozicion jihatdan taktik sxemaga o'zgartirish kiritmadi. Saitov o'rniga Fayziev, Banashak o'rniga Xoldorxonov, bular bir xil ampluada o'ynaydigan futbolchilar hisoblanadi.

Samvel Babayan o'yindan keyingi matbuot anjumanida haq gapni aytdi. Dragan CHeran hozirgi "Paxtakor"ning har bir g'alabali natijasida katta hajmdagi ishni bajaryapti. CHeran bor bo'lsa, g'alaba bor, aksi bo'lsa, Pro liga klubi ham bir bo'limning o'zida "Paxtakor" darvozasiga 3 ta to'p kiritib qo'yishni uddalayapti. Kecha Alijonov qanotdan to'p uzatgan vaqtda Dragan go'yo orqaroqda qolib ketgandek edi, hech undan xavf kutmayotgandi. Aslida CHeranning maqsadi shunday edi, birdan oldinga intildi, jarima maydoni ichida paydo bo'ldi, gol urdi va "Paxtakor"ni hisobda oldinga olib chiqdi. Maydonda o'ta aniqlik bilan harakat qiladigan noyob topilma.

Kechagi o'yinda men "Real Madrid" va "Barselona"ning "El-Klasiko" atalmish butun dunyoga mashhur qarshiligidan iqtibos ko'rdim. O'sha Garet Beyl maydon tashqarisidan yugurib, kataloniyaliklar himoyachisi Mark Bartrani ortda qoldirib ketgan vaziyatni eslaysizmi? Yana o'sha Dragan CHeranni etirof etamiz, kecha u ikkinchi bo'limning so'ngi qismida ayni shu vaziyatning copy/paste variantini ko'rsatdi. Dragan to'pni tepib yuborib, chiziq tashqarisidan yugurdi, mezbonlar himoyachisi Filip Ivanovichni ortda qoldirdi. Biroq hozirgi CHeranda Beyl kabi tezlik yo'q, ayni shu sabab tufayli oxiri o'xshamay qoldi.

"Navbahor" – "Paxtakor" to'qnashuvini TV orqali ko'rdim. Uchrashuvning ikkinchi bo'limidagi translyaciya sifati menga bolalik davrlarimni yodga solib yubordi. O'sha vaqtlari shamol kelgan kuni televizor tomosha qilishga qiynalardik. Antenna shamolda tebranishi natijasida TVdan har xil ovozlar chiqardi. Kecha duppa-durust davom etib turgan translyaciya ikkinchi taymda birdan "aynib qoldi".

Dastlab faqat bizning televizorda shunaqami deb qo'shnidan so'rab chiqdim. Yo'q, hammada shu gap ekan. Kichkina o'g'lim o'z tasavvurida Xayrulla Hamidovni aybladi, chunki o'yinning birinchi bo'limida bizda bunaqa muammo yo'q edi-da. O'zi Xayrulla aka futbol sharhlaganida, antiqa nimadir iqtibos aniq aytardi va bu juda qiziqarli bo'lardi. Tushundik, vodiydan MTRK markaziga uzatilayotgan signal bilan bog'liq muammo bor ekan, navbatdagi o'yinlarda bu kabi xolatlar yuzaga kelmasligiga umid qilamiz.


Bekzod Tolibov

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика