So’nggi yangiliklar

01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  1 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  0 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  5 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  3 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  1 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  11 22:02Суперлига. "Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан ишончли ҳисобда устун келди  8 21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  28 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1

"El Klasiko", Granadadagi triller va antirekord Yangiliklar

"El Klasiko", Granadadagi triller va antirekord

Tunda o'tgan "Granada" – "Vilyarreal" bellashuvi bilan Primera-2023/24ning 11-turi yakuniga etdi.

Hozir siz bilan turning eng muhim voqealari haqida gaplashamiz. Demak, bienvenido!


Tur derbisi!

"El Klasiko"ni ko'rmaganlar bormi? Bu mavsumdagi ilk to'qnashuvda "Real" "Olimpik Lyuis Kompanis"da "Barselona" ustidan irodali ustidan irodali g'alabaga erishdi – 2:1. Barchasi 6-daqiqada "Real" himoyasidagi tushunarsiz harakatlardan boshlandi. Ilkay Gyundogan buni kechirmadi va "Barselona" safidagi birinchi golini urdi. 

Birinchi bo'limda mezbonlar yaxshiroq o'yin ko'rsatgan bo'lsa, ikkinchi taymda mehmonlarning o'yini manoliroq chiqdi – Jud Bellingem odatiga ko'ra, "monstr" rejimini yoqdi va 92-daqiqada g'alaba to'pini kiritdi. "Real" Primeradagi 1800-g'alabasini nishonladi – barcha klublar ichida birinchi bo'lib. Eng yaqin taqibchi – 1740 g'alaba bilan "Barselona". Madridliklar chempionatda, "Selta"ni minimal hisobda enggan, "Jirona" bilan bir xil ochko jamg'argan. "Barsa" esa kuchli uchlikka "Atletiko"ni o'tkazib yubordi.


Tur muvaffaqiyati

"Atletiko" o'z maydonida "Alaves"ni taslim etdi (2:1). Rodrigo Rikelme va Alvaro Morata gollariga Ander Gevara javob berdi. Madrid jamoasi Primeradagi ketma-ket 14-o'yinida zafar quchdi va 2011/12 va 2012/13-yillar mavsumlaridagi rekordini takrorladi. "Civitas Metropolitano"dagi keyingi uchrashuv – 12 noyabr kuni "Vilyarreal"ga qarshi bo'lib o'tadi. Qiziq, klub tarixidagi rekord yangilanarmikin?


Tur trilleri 

"Vilyarreal" Pacheta qo'l ostidagi ikkinchi g'alabasini nishonladi. Safarda "Granada" mag'lub etildi – 3:2. Mehmonlar safida Jerar Moreno (dubl) va Aleksandr Serlot gol urdi. Raqib birinchi bo'limning o'zida Rikard Sanches va Mirto Uzunining gollari bilan javob berdi, biroq muvozanatni tiklashni uddalay olishmadi. Vaholanki statistik ko'rsatkichlar bo'yicha ustunlikka ega edilar: xG va zarbalar soni bo'yicha ham (17-6, 8-5 aniq zarbalar), to'pga egalik qilish esa "Vilyarreal"da edi.  Bir nechta pog'ona yuqorilashga erishgan raqibdan farqli ravishda Pako Lopes jamoasi hozircha o'z holatini yaxshilay olmayapti.

Tur antirekordi

"Almeriya" o'z maydonida "Las-Palmas"ga imkoniyatni boy berdi: Largi Ramazani goliga mehmonlar Munir El Xaddadi va Sori Kabaning aniq zarbalari bilan javob berishdi. Andalusiyaliklarga hattoki murabbiy almashishi ham yordam bermadi: Gaiska Garitano kelganidan keyin "Atletik", "Jirona" va endi "Las-Palmas"dan ma-lubiyat. 11 turdan keyin "Almeriya" bor yo'g'i 3 ochko (3 ta durang) ishladi – bu Primera tarixidagi beshinchi eng yomon natija. "Xetafe"-2021/22 va "Rasing"-1929 (!) shuncha ochko jamg'argan, "Salamanka"-1980/81 (2) va "Sporting"-1997/98 (1 ochko) undanda kamroq ochko to'plagandi. Jon saqlab qoluvchi zona bilan farq 6 ochko – klub rahbariyati kutgan natija bunday bo'lmagani turgan gap. Ha, voqealar Marselda yuz bermayapti, lekin komissar Juberning yuzi "Almeriya"dagi vaziyatga juda mos tushardi.


Tur iqtibosi

"Xetafe" - "Malorka" o'yinida hisob ochilmadi. Madrid provinciyasi jamoasi uchun bu ligadagi qatorasiga beshinchi durang. Jamoa ustozi Pepe Bordalas o'yindan oldingi matbuot anjumanida quyidagicha fikr bildirdi: "Men buni uzoq o'yladim va hozir aytaman. Raqiblar "Xetafe"ga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'rayotganida, ular xuddi "Barselona", "Atletiko" yoki "Real"ga qarshi bellashuvga tayyorlangandek hozirlik ko'radi. Bizga qarshi maydonga tushgan jamoalarning o'yinlari aks etgan videolarini ko'rib, shunday fikr paydo bo'ldi.


Omonjon To'xtamirzaev

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика