So’nggi yangiliklar

20:07"Mirabror Usmanov Cup-2024". Финал. Ўзбекистон - Гватемала 2:1  4 20:05Париж-2024. Ўзбекистон илк турда Испанияга мағлуб бўлди, кейинги рақиб Миср  344 20:04Аскер Нажафалиев Осиё кубоги саралаш босқич доирасидаги ўйинни бошқаради  0 18:32"Реал" "Ливерпуль" юлдузини нишонга олди  3 17:43Артета: "Чемпионликка жуда яқинмиз"  0 17:10Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Асосий таркиблар маълум  45 16:55Ильгиз Танташев Элит ОЧЛ саралаш босқич баҳсини бошқаради  2 16:23Расман: "Сурхон" ўсмирлар ўртасида Евро чемпиони бўлган футболчи билан шартнома тузди  4 15:55Испания ОТЖ футболчилари: "Токио-2020дан тугалланмаган ишимиз бор. Мақсадимиз - олтин медал"  6 15:31"Парк де Пренс" стадиони Ўзбекистон - Испания баҳсига шай  11 15:16"Навбаҳор" Сардор Рашидов билан келишувга эришди  24 15:11Эксклюзив! Тимур Кападзе: "Мақсадимиз бор ва унга қараб интиламиз"  10 14:47Ўзбекистон U-23 терма жамоаси бош мураббийи ва футболчилари дастхати қўйилган тўпни ютиб олинг  3 14:42ОЛИМПИАДАГАЧА. Акром Комилов: "Испания индивидуал кучли, лекин ўзбекистонлик йигитлар ҳеч кимдан қолишмайди"  3 14:07"Ливерпуль" етакчиси жамоада қолмоқчи  1

EL. "Sevilya" super o'yinda "Inter"ni mag'lub etib, Evropa Ligasi chempioniga aylandi! Yangiliklar

EL. "Sevilya" super o'yinda "Inter"ni mag'lub etib, Evropa Ligasi chempioniga aylandi!

Evropa Ligasining final uchrashuvi matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

YANGILASH

Sevilya – Inter 3:2 

«ReynEnergiSHtadion»

Gollar: 0:1 – 5, penalti Lukaku, 1:1 – 12 de Yong, 2:1 – 33 de Yong, 2:2 – 35 Godin, 3:2 – 74 Diego Karlos.

Sevilya – Bunu, Diego Karlos (Gudel, 86), Kunde, Navas, Regilon, Fernando, Jordan, Okampos (Munir, 71), Banega, Suso (Vaskes, 78), de Yong (En-Nesiri, 85).

Inter – Xandanovich, Yang, de Vrey, Bastoni, D`Ambrozio (Mozes, 78), Brozovich, Galyardini (Eriksen, 78), Barella, Godin (Kandreva, 90), Martines (Sanches, 78), Lukaku.

Ogohlantirishlar: Diego Karlos (4), Barella (41), Banega (45), Bastoni (55), Galyardini (73).


Maydonning har bir qarichi uchun kurash kechgan dahshatli o'yin yakunlandi. "Sevilya" "Inter"ni 3:2 hisobida yutdi va Evropa Ligasi g'olibiga aylandi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi bahslarda g'oyibona ko'rishguncha!

90+4. En-Nesiri Bastonini yiqitdi, juda qo'pol o'yin. 

90+3. "Inter" to'pga egalik qilmoqda va taslim bo'lish niyati yo'q, jamoa faqat va faqat oldingi boryapti.  

90+2. Sanches Vaskesga nisbatan qo'ollik ishlatdi, shu ondayoq hakam xushtagi chalindi. 

90+1. Eriksendan uzatma, Kandrevadan zarba, ammo himoyachilar bunga qarshilik ko'rsata oldilar. 

Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi. 

90. "Inter"da o'zgarish: Godin o'rniga Kandreva tushdi. 

88. Brozovich En-Nesiriga nisbatan bir oz qaltisroq o'ynadi. 

86. "Sevilya"da almashtirish: Diego Karlos o'rniga Gudel tushdi.

85. "Sevilya"da o'zgarish: de Yong o'rniga En-Nesiri tushirildi. 

84. Sanches ancha faol o'yin ko'rsatmoqda, ammo u o'zi ishtirokidagi oxirgi vaziyatda o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.  

82. Uuux! Kunde qutqaruvchi rolida!  Himoyachi Sanchesning kuchsiz, biroq aniq bo'lgan zarbasini qaytardi. 

80. Uuuxx!  Banegadan uzatma, Kundening bosh bilan bergan zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi. 

78. "Inter"da 3 ta o'zgarish: Galyardini o'rniga Eriksen, Martines o'rniga Sanches, D`Ambrozio o'rniga Mozes tushdi. 

78. "Sevilya"da o'zgarish: Suso o'rniga Vaskes o'yinni davom ettiradi. 

76. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 51%-49%

74. GOOOOOOOOOOOLLLL! Diego Karlos!  Akrobatik zarba va gol - 3:2!  

73. Galyardini Navasga nisbatan qo'pol o'ynadi va sariq kartochka oldi. 

71. "Sevilya"da almashtirish: Okampos o'rniga Munir tushirildi. 

71. Diego Karlos ham jarohatlandi va unga tibbiy yordam ko'rsatildi.  

69. Okampos jarohat oldi va maydonda yotibdi. Unga tibbiy yordam ko'rsatildi, biroq o'yinni davom ettira olmaydi. 

68. "Inter" to'pga egalik qilmoqda va hujum tashkil etyapti.  

65. Uuuux!  Nahotki?! Lukaku!  Hujumchi birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi, Bonodan ajoyib seyv! 

63. Hujumga intilgan Okampos D`Ambrozioni yiqitdi va o'sha zahoti hakam hushtagi chalindi. 

61. Okampos o'ng qanotda faollik namoyish etdi va zarba berdi, ancha noaniq. 

60. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 55%-45%

59. Uuux! Yangining uzoqdan yo'llagan zarbasi xavfli, ammo noaniq ketdi. 

57. Uuuux! Regilon!  Uning kuchli zarbasi darvoza to'rining tashqi tomoniga borib tegdi.  

55. Bastoni Susoga nisbatan qoidani buzdi va sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

54. Fantastik o'yin! Tinimsiz hujum va holatlar. Hozircha "Sevilya" hujumda, "Inter" esa qarshi hujumga o'tib ketishga urinyapti. 

52. Uuuxx! Galyardinidan zarba, biroq uning zarbasi himoyachilar tomonidan "bloklandi". 

51. Diego Karlos Barellaga nisbatan qo'pollik ishlatishga majbur bo'ldi. 

48. Galyardini Jordanga nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

47. Niyat qilamizki, ikkinchi bo'lim ham birinchi bo'lim singari kechsin va biz vaziyatlarni yozishga ham ulgurmaylik. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Birinchi taym tugadi. Ozgina tin olamiz. Tanaffus! 

Birinchi bo'liga 1 daqiqa qo'shildi. 

44. Yana bir ogohlantirish. Banega Galyardinini yiqitgani uchun jazolandi. 

41. Barella Banegaga nisbatan ishlatgan qo'polligi bois sariq kartochka oldi. 

41. Yaxshi hujum tashkil etilayotgandi, ammo pas qabul qilib olgan D`Ambrozio ofsaydda ekanligi malum bo'ldi. 

38. Diego Godin Banegaga nisbatan qo'pol o'ynadi, lekin hakam o'yinni davom ettirishni buyurdi.

35. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Godin! Ana endi Godin bosh bilan gol urdi, uzatma muallifi - Brozovich.  2:2! 

33. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!! de Yong!  Baneganing ajoyib uzatmasidan so'ng Lyuk bosh bilan to'p kiritib, hisobni o'zgartirdi - 2:1! 

30. Galyardinining uzatmasini Regilon qaytardi va xavf ortda qoldi. 

28. Uuuxx! Galyardinidan uzatma, D`Ambroziodan bosh bilan zarba! Ozgina noaniq.  

27. Martines Navasga nisbatan qo'pollik ishlatdi va jarima to'pi belgilandi. 

25. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 55%-45%

23. D`Ambrozio Okamposni yiqitdi, jarima to'pi. 

22. Zarbaaaa! Okamposning zarbasi xavfli, ammo noaniq chiqdi. 

20. Banega jarima zarbasidan to'pni ichkariga oshirdi. De Vrey havodagi kurashda g'olib keldi.

18. Tortishuvlar penaltiga olib kelmadi. Murabbiy Konte juda ko'p etirozi uchun sariq kartochkaga loyiq deb topildi. 

17. Ko'rinib turibdiki, "Sevilya" Lukakuning golidan keyin o'ziga kela oldi. Tasanno! Ajoyib final! 

15. Okamposning zarbasi, to'p Xandanovichning qo'lida. 

12. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Lyuk de Yong! Xesus Navasning uzatmasidan so'ng bosh bilan gol urdi - 1:1!  

10. "Inter" maydon markazida ishonch bilan to'pga egalik qilmoqda. "Sevilya" Lukakuning golidan keyin nokdaunda. 

7. "Inter" o'ng qanot orqali hujum tashkil etmoqda. 

5. GOOOOOOOOOOOOOOL! Lukaku!  U o'zi ishlagan penaltini muvaffaqiyatli amalga oshirdi - 0:1!  

4. Diego Karlosga sariq kartochka ko'rsatildi. 

3. Ana xolos!  Penalti!  Diego Karlos Lukakuni yiqitdi. 

2. O'yin qo'pollik bilan boshlandi. CHap qanotdan hujumga o'tgan Regilon D`Ambrozio tomonidan qo'pollik evaziga to'xtatib qolindi. 

1. O'yin boshlandi! 

- Turnir madhiyasi yangrab o'tdi. 

- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

O'yin oldi suratlar

"Inter" kiyinish xonasi

"Sevilya" kiyinish xonasi

"ReynEnergiSHtadion" o'yinni qabul qilishgi tayyor! 

Tarkiblar elon qilindi

- Bahs Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi. 

- Assalomu alaykum, qadrli fuibol ishqibozlari! Bugun Evropa Ligasi finalida dahshatli to'qnashuv!  Ispaniyaning "Sevilya" klubi Italiyaning "Inter" klubi bilan o'ynaydi. Ushbu klublarning ashaddiy muxlislaridan tashqari, ispan futboli muxlislari nominal mezbonlarni, italyan futboli ixlosmandlari esa "Inter"ni qo'llab-quvvatlashlari aniq. Demak, yaqin 2 soat ichida siz bilan birga bo'lamiz.  

Uchrashuv prevyusi bilan tanishmaganlar, hoziroq o'qib chiqishlarini maslahat beramiz! >>> PREVYUni o'qish

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика