EL. 1/16 final uchun qura bugun 17:00da boshlanadi
14 dek 2020 13:24
Yangiliklar
EL. 1/16 final uchun qura bugun 17:00da boshlanadi
Unda Evropa Ligasi guruhlaridagi 12 g'olib, ikkinchi o'rinni egallagan 12 klub va CHempionlar Ligasi guruh bosqichini uchinchi o'rinda yakunlagan 8 klub ishtirok etadi.
Saralangan (12 guruh g'oliblari, CHLdan tushib ketgan yuqori reytingdagi 4 klub)
"Arsenal" (Angliya), "Ayaks" (Niderlandiya)*, "Bayer" (Germaniya), "Bryugge" (Belgiya), "Vilyarreal" (Ispaniya), "Dinamo", Zagreb (Xorvatiya), "Lester" (Angliya), "Manchester Yunayted" (Angliya), "Milan" (Italiya), "Napoli" (Italiya), PSV (Niderlandiya), "Reynjers" (SHotlandiya), "Roma" (Italiya), "Tottenxem" (Angliya), "Xoffenxaym" (Germaniya), "SHaxtyor" (Ukraina)*.
Saralanmagan
"Antverpen" (Belgiya), "Benfika" (Portugaliya), "Braga" (Portugaliya), "Volfsberg" (Avstriya), "Granada" (Ispaniya), "Dinamo", Kiev (Ukraina)*, "Zalcburg" (Avstriya)*, "Krasnodar" (Rossiya)*, "Lill" (Franciya), "Makkabi", Tel-Aviv (Izrail), "Melde" (Norvegiya), "Olimpiakos" (Greciya)*, "Real Sosedad" (Ispaniya), "Slaviya" (CHexiya), "Crvena Zvezda" (Serbiya), "Yang Boyz" (SHveycariya).
* CHempionlar Ligasi guruhlarida uchinchi o'rinni egallagan jamoalar.
Qura Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.
Saralangan jamoalar javob o'yinlarini uy stadionlarida o'tkazishadi.
Evropa Ligasida bitta guruhda bo'lgan jamoalar va bitta associaciya vakillari boshqa-boshqa juftliklarda bo'lishadi.
UEFA Ijroiya qo'mitasining qaroriga ko'ra, Rossiya va Ukraina klublari ham juftlik bo'lishmaydi.
1/16 finalning dastlabki o'yinlari 18 fevralda, javob o'yinlari esa 25 fevralda bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar