So’nggi yangiliklar

22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  7 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  1 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  6 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  5 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  10 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0

Ektor Kuper taktikasi qanday ishlashi kerak? Yangiliklar

Ektor Kuper taktikasi qanday ishlashi kerak?

Teglar :  Ektor Kuper
Bugun O'zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.

Bu bahs Ektor Kuperning milliy jamoamizdagi 6-uchrashuvi bo'ladi. Kuper qo'l ostidagi O'zbekiston terma jamoasi bungacha Suriya (1:1), Eron (0:1), SHimoliy Koreya (2:0), Qatar (2:0) va Livanga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazdi. 

Ko'pchilik argentinalik mutaxassis jamoasi juda himoyaviy o'yin ko'rsatayotganini aytib etiroz bildirmoqda. Kuperning o'zi ham matbuot anjumanlarida O'zbekiston terma jamoasi avval himoyadagi o'yinni tartibga keltirib olishini aytdi. Bugun Ektor Kuper milliy jamoamizda qo'llayotgan taktikasi aslida qanday ishlashi kerakligi haqida to'xtalaman.

EKTOR KUPER TAKTIKASI

Milliy jamoamizning avvalgi o'yinlariga etibor bergan bo'lsangiz yoki SHahboz Beg'amovning maqolalarini o'qigan bo'lsangiz, Ektor Kuper qo'l ostidagi O'zbekiston terma jamoasi 4-2-3-1 taktikasida o'ynayotganini bilasiz.

(O'zbekiston - Livan o'yinidan)

Bu sxema haqida malumot qidirganimda, 4-2-3-1 taktikasi 4-5-1ga qarshi ishlab chiqilgani, 4-3-3ning himoyaviy varianti ekanligini bilib oldim. To'g'ri, taktika himoyaviy, ammo terma jamoamizga juda mos sxema desam mubolag'a bo'lmaydi. Men ko'rgan bahslarda jamoamizning himoya chizig'i kombinacion hujumlarga qiyinchilik bilan bardosh bergan. Kuper taktikasi esa aynan shunday xavflarni ishonch bilan bartaraf etishga yordam beradi. Sxemaga qarasangiz, 4-2-3-1ning imkoniyatlari juda ko'pligiga guvoh bo'lasiz. Birinchi navbatda bu taktika bizga himoya va hujumda futbolchilar sonida tenglik yuzaga kelishiga imkon beradi. Yani hujumchi (Bikmaev) va ortidagi yarim himoyachilar (SHomurodov/Aliboev, Ahmedov/Sidiqov, Hamdamov/G'ofurov) bilan tayanch yarim himoyachilarining biri (SHukurov/Haydarov) hujumga o'tishi mumkin. To'p oldirilgan taqdirda ham himoyada 5 kishi bo'ladi va raqib ko'pchilik bo'lib qarshi hujum tashkil etishga qiynaladi. Ushbu sxemaning himoyadagi yana bir ustunlik tomoni - qanotdagi yarim himoyachilar orqaroqqa qaytib, 2 chiziqli devor yaratishidir.

(O'zbekiston - Qatar o'yinidan)

Yarim himoyaga keladigan bo'lsak, maydon markazini yarim hiomyachilar uchburchagi nazorat qiladi. Qanotga yaqin o'ynaydigan xavbeklar tepadagi suratdagi kabi tayanch yarim himoyachilari rolini bajarishi mumkin. Uchburchak "cho'qqisidagi" futbolchi pleymeyker sifatida harakat qiladi. Agar to'p qabul qilishda muammolar yuzaga kelsa yoki raqib pressingni markazdan teparoqda amalga oshirsa, ushbu pleymeyker pastroqqa tushib o'yin tashkil qilishiga to'g'ri keladi (bunday vaziyatda Odil Ahmedov o'yin tashkil qilgani maqulroq, chunki Ahmedov Javohir Sidiqovdan tajribaliroq).

(O'zbekiston - Qatar o'yinidan)

Kuper taktikasidagi hujum chizig'ini (faqat hujum chizig'i) "Bavariya"nikiga o'xshataman. Qanotlarda Aren Robben va Frank Riberi hujumlarni xavfli tus olishini taminlasa, Tomas Myuller asosiy hujumchi Robert Levandovski ortida "aldamchi o'nlik" rolini bajaradi.

Hujumdagi futbolchilarimizning vazifalari xuddi shu rasmdagidek taqsimlanadi. Quyidagi taktika bo'yicha chiziqlar orasida to'p uzatish osonroq, ammo bunday uzatmalarda futbolchilardan yuqori mahorat talab qilinadi. Har qanday futbolchi yaqinlashib kelayotgan raqibni his qilib, to'pga bir tegish bilan pas bera olmaydi.

Qanot himoyachilari hujumga o'tganda yarim himoyachilar ularning o'rnini egallab turadi. Bundan tashqari, ushbu yarim himoyachilar standart vaziyatda raqib jarima maydonchasiga kirgan markaziy himoyachilar o'rnini to'ldiradi.

Hozircha milliy jamoamiz o'yinida biroz kamchilik bor, ammo bu etishmovchiliklar tez orada yo'q bo'lishiga umid qilamiz va Janubiy Koreyaga qarshi bahsda Kuper taktikasi qanday ish berishini kuzatamiz.

Muallif : Aslanov Jasurbek
Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика