Ektor Kuper Suriya termasi bosh murabbiyi etib tayinlandi
02 fev 2023 19:03
Yangiliklar
Ektor Kuper Suriya termasi bosh murabbiyi etib tayinlandi
O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper Suriya MTJda ish boshladi.
Ektor Kuper Suriya terma jamoasi bosh murabbiyi bo'ldi. Bu haqda Suriya Futbol Associaciyasi xabar berdi.
Bungacha mazkur termani Hussam Al Said boshqarib kelayotgandi.
Avvalroq Karlush Keyrush bilan xayrlashgan Eron 67 yoshli Kuper nomzodini ko'rib chiqayotgani aytilgandi.
Malumot o'rnida, argentinalik taniqli mutaxassis 2018 yilning avgustidan 2019 yilning sentyabr oyiga qadar O'zbekiston terma jamoasiga ustozlik qilgan.
SHuningdek, u "Malorka", "Valensiya", "Inter", "Betis" va "Parma" klublarida, Gruziya, Misr hamda Kongo DR terma jamoalarida faoliyat yuritgan.
Fikrlar