So’nggi yangiliklar

01:45ЖЧ-2026 саралаши. Германия мағлуб бўлди, Нидерландия дуранг ўйнади ва бошқа натижалар билан танишинг  3 01:20Валерий Карпин: "Иорданиядан бунақасини кутмагандик"  3 00:51Родри: "Бу жароҳат менинг фаолиятимни узайтирди"  0 00:33Даниэль Леви 24 йилдан сўнг "Тоттенхэм"дан кетди  0 00:03Ўртоқлик учрашуви. Россия - Иордания ўйинида голлар урилмади  2 23:51Фаррух Сайфиев Расул Чориевнинг ҳолидан хабар олди  6 23:31Ўртоқлик учрашуви. Саудия Арабистони Шимолий Македония термасини мағлуб қилди  0 23:09Ўзбекистон терма жамоаси Қирғизистонга қарши ўйин олдидан машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  4 22:51Эрон "CAFA Nations Cup-2025" финалига йўлланма олди  7 22:15Килиан Мбаппе: "Бизга дам керак"  5 21:51Трентнинг "Реал"га ўтганига бўлган муносабат Майкл Оуэнга ёқмади  1 21:25Элдор Шомуродов: "Ниятимиз финалга чиқиб, чемпион бўлиш"  14 20:59ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон ўз майдонида Уэльсга имкониятни бой берди  14 20:40"Насаф" назорат ўйинида "Шўртан"га икки марта ютқазди  2 20:20МЮ "Атлетико" футболчисини ижарага олмоқчи бўлган, аммо рад жавобини олган  0

Ektor Kuper: "Qo'l beraman, quchoqlayman va xayrlashaman" Yangiliklar

Ektor Kuper: "Qo'l beraman, quchoqlayman va xayrlashaman"

O'zbekiston milliy terma jamoasi ustozi Ektor Kuper Suriyaga qarshi o'tkaziladigan o'rtoqlik uchrashuvi oldidan jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

"Birinchi navbatda Olimpiya terma jamoasini kechagi g'alaba bilan tabriklamoqchiman. Ertangi o'yinimiz JCH saralashi oldidan so'nggi o'rtoqlik o'yinimiz bo'ladi. Sentyabrda saralash bahslari start oladi. Bizda o'ylab qo'ygan rejalarimiz bor. Imkon boricha, ko'proq futbolchiga vaqt berishga harakat qilamiz. CHunki, bunga vaqt bo'lmasligi mumkin. Ularni klubdagi o'yinlari orqali kuzatamiz. Yutishimiz lozim, yangi o'yinchilarni sinash kerak. Nasib qilsa, barchasi yaxshi bo'ladi. Biz raqiblarni ham hurmat qilamiz. Ammo, biz maqsadimiz sari intilamiz", - deb so'z boshladi Kuper.


- Terma jamoa saralash bahslari boshlanguncha o'zining optimal tarkibiga ega bo'la oladimi?

- Biz optimist bo'lishimiz lozim. Albatta bugungi kungacha amalga oshirgan ishlarimiz orqali ijobiy va salbiy tomonlarni kuzatishimiz mumkin bo'ldi. Biz Suriya bilan o'yindan keyin ham tahlil qilamiz. Ammo, birinchi o'rinda natija emas. CHunki, yaxshi o'ynamasdan turib ham g'alaba qozonish mumkin. Sentyabr oyigacha optimal tarkibni shakllantirib olamiz.

- Ushbu yig'inda hozircha ikkita o'yin o'tkazildi. 26 nafar futbolchidan 22 nafari o'ynadi. Ertaga o'ynamagan futbolchilarga imkoniyat beriladimi yoki so'nggi o'yin bo'lgani uchun optimal tarkibni shakllantirishga asosiy urg'uni qaratasizmi?

- Buni o'ylab ko'rish lozim. Birinchi navbatda o'ynamagan futbolchilarni maydonga tushirishga harakat qilaman. Ammo, ularning holatini yaxshi bilaman. SHu bilan birga, ularga imkon berish lozim. Agar biz o'zgarish qilmoqchi bo'lsak, vaziyatdan kelib chiqqan holda ularni ham maydonga tushirishim mumkin. SHuningdek, biz natijani ham yoddan chiqarmasligimiz kerak. 


- Franiyaning Turkiyaga qarshi 0:2 hisobidagi mag'lubiyati haqida qanday fikrdasiz? Ahir biz ham shunday hisob bilan ularga mag'lub bo'lgandik. 

- Men bu haqida o'ylayotganim yo'q. Bu narsa meni xursand qilgani yo'q. Ammo, shunisi aniqki, biz kuchli terma jamoaga qarshi o'ynadik. Ular ikkita standart vaziyat orqali bizga ikkita gol kiritishdi. Turkiya - Franciya o'yinini ko'rdim. Men ushbu o'yinni ko'rgandan so'ng biz yomon o'ynamaganimizga amin bo'ldim. Turkiya to'rtta gol kiritishi mumkin edi. Ushbu mag'lubiyatni barcha turlicha qabul qiladi. Men bugun futbol insonlaridan biri bilan Igor Sergeevning goli haqida gaplashdik. Uning fikrlarini eshitdim. Men unga futbolda doimo xatolar bo'lishi haqida gapirdim. Darvozabon xatosi? Agar o'sha vaziyatda Igor diqqatini jamlay olmaganida gol ura olmasligi ham mumkin edi. 

- Siz shu kungacha Osiyonng eng kuchli terma jamoalariga qarshi bahs olib bordingiz. Agar biz JCHga chiqishni istasak ularni mag'lub etishimiz lozim. Sizni bu havotirga solmayaptimi? Yoki qandaydir rejalar bormi?

- Futbolda juda ko'p rejalar bo'lmaydi. Terma jamoada "A", "B" "S" plan degan tushunchalar qiyin. Bizning jamoa sifatida o'z ko'rinishimiz bo'lishi lozim. Ammo, shu bilan birga biz raqibdan kelib chiqqan holda, ularning darajasidan kelib chiqqan holda o'ynashimiz kerak. Biz doim o'yinimizga o'zgarish kirita olamiz. 


- Terma jamoadagi dastlabki 10 oylik faoliyatda sizga yoqmagan yoki haliyam o'nglanmagan jihat haqida gapira olasizmi?

- Futbolda doimo muammolar bo'ladi. Masalan men kelganimda ham, ish davomida ham muammo bo'lishi mumkin. Ammo, men murabbiy sifatida aytishim mumkinki - muammoni hal qilish lozim. Biz birgalikda ishlagan holda muammlarni bartaraf etish kerak. Agar kimdir muammoim yo'q deb aytadigan bo'lsa, u murabbiyga havasim keladi. Aytishim mumkinki, bizda ish yaxshi ketmoqda. Muammolar doimo paydo bo'ladi. Kutilmagan jarohatlar bo'lib qolishi mumkin. Biz doimo bunga tayyor bo'lishimiz kerak. Ammo, biz o'zimizga ishonsak, har qanday qiyin holatdan chiqib keta olamiz. Biz yiqilgan paytda ham o'rnimizdan tura olishimiz kerak. Bu mening falsafam. 

Agar falsafam ish bermayotganini ko'rsam, loyihamga ishonmasam, agar futbolchilar ham menga ishonmaslikni boshlashsa - men qo'l beraman, ularni quchoqlayman va xayrlashaman.


Aziz To'xtamurodov yozib oldi

Foto: Tolibjon Qosimov

 




Reyting: +133   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика