Ektor Kuper: "O'zbekistonga qarshi uchrashuvda yaxshi o'yin ko'rsatishimizga umid qilaman"
		
		07 jan 2024 21:36
        Yangiliklar	
	 
				 
				Ektor Kuper: "O'zbekistonga qarshi uchrashuvda yaxshi o'yin ko'rsatishimizga umid qilaman"
"Biz ushbu musobaqaga juda ko'p tayorgarlik ko'rdik. Jamoani rivojlantirishga harakat qildik. Bugunga kelib, eng kamida tayyorgarligimiz yaxshi, deb ayta olaman. Futbolda hech narsa kafolatlanmagan. Biz boshqa jamoalarga qarshi kurashishimiz kerak. Ular ham xuddi biz istagan narsani xohlashadi. Aynan shu narsa futbolning asosi hisoblanadi. Biroq, bizda o'zimizga ishonch etarli. Birinchi uchrashuvda yaxshi o'yin ko'rsatishimizga umid qilaman.
Ushbu musobaqaga yangi o'yinchilarni ham jalb qildik, ularni avvaldan kuzatib yurgandik, albatta. Bu yangi o'yinchilar jamoaga naf keltirishiga ishonaman. Jarohat yoki boshqa muammo yuz bersa, bir-birini o'rnini bosadigan futbolchilarimiz etarli", -deydi Ektor Kuper.
Malumot uchun, Suriya terma jamoasi Osiyo kubogidagi ilk uchrashuvini O'zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi o'tkazadi. Ushbu uchrashuv 13 yanvar kuni, Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
 championat.asia
                   
                   
			
		
		
			championat.asia
		
	 
             "Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
                    "Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
                    Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
                    Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
                    Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
Fikrlar