So’nggi yangiliklar

22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  0 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  0 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:10Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" (матнли трансляция)  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  4 22:02Суперлига. "Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан ишончли ҳисобда устун келди  7 21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  27 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0 16:44Азизбек Тўлқинбеков: "Нефтчи" кучли эди, лекин бизда ирода ва иштиёқ устунлик қилди"  0 16:21"Арсенал" Жакени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0

Ektor Kuper: "O'zbekiston Yaponiyaga qarshi faqat va faqat g'alaba uchun o'ynaydi" Yangiliklar

Ektor Kuper: "O'zbekiston Yaponiyaga qarshi faqat va faqat g'alaba uchun o'ynaydi"

Ektor Kuper ishtirokidagi matbuot anjumani.

"Natijadan juda xursandman. Birinchi bo'limni ikkinchisidan ko'ra yaxshi o'tkazdik. Biz bugun hujumkor o'yin ko'rsatishga intildik. Bugungi o'yin orqali himoyamiz haqida biror narsa deya olmayman. CHunki ularga deyarli ish topilmadi. Bugungi bahsda jamoam juda yaxshi o'yin namoyish etdi. Qisqa uzatmalar orqali o'ynashga, kombinacion hujum orqali o'yin qurishga harakat qildik. Ko'plab aniq paslarni amalga oshirganimiz ham xursand qildi. Bu bilan bizda bugun umuman xato bo'lmadi deyish fikridan yiroqman. Mazkur bahsni chuqur tahlil qilib o'rganib chiqamiz. Yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklar ustida ishlaymiz", - deya o'yin haqidagi dastlabki taassurotlari bilan o'rtoqlashdi Ektor Kuper.

- Misr terma jamoasida himoyaviy o'yin qurganingiz uchun u erda sizni ko'p tanqid qilishgan. Bugun esa O'zbekiston boshqaruvida jamoani hujumkor o'ynatdingiz. Bu Afrika va Osiyo futbolidagi tafovut tufayli yuzaga keldimi? (xorijlik jurnalist)
- Afrika va Osiyo futboli juda farq qiladi deya olmayman. SHuni aytishim mumkinki, barcha murabbiy o'z uslubiga ega. Men jamoani doim o'z uslubimga moslab tayyorlayman. Misol uchun, men shartnomam bo'yicha yaxshi natija qayd etish uchun jalb etilganman. Muhimi natija. Bazan biz qanday o'ynashni oldindan rejalashtiramiz, ammo bu har doim ham amalga oshavermaydi. Masalan Ummon bilan o'yinda shunday bo'ldi. Bugun esa o'tgan bahsga nisbatan o'ylagan rejalarimizni ko'proq amalga oshira oldik. SHunisi aniqki, Afrikada ham, Osiyoda ham futbol qoidasi bir xil. Meni vazifam Osiyo Kubogida maksimal natija qayd etish va O'zbekistonni JCH-2022ga olib chiqishdan iborat.

- Murabbiy sifatida jamoa ko'rsatgan o'yindan, ayniqsa birinchi bo'limdagi futboldan qanchalik rohat oldingiz? (SHahboz Beg'amov, championat.asia)
- Agarda futbolchilarni meni ko'rsatmalarimni to'liq va yaxshi bajarishsa, unda doim futboldan rohatlanaman. Ular bugun meni xursand qilishga juda intilishganini ko'rdim. Ummon bilan o'yinga nisbatan bazi o'zgarishlarni qildik. Lekin keskin o'zgartirishlar kuzatilmadi.

- Ikrom Aliboevni ilk marotaba markazda sinab ko'rdingiz. SHuningdek, Fozil Musaev zaxiradan tushirildi. Ularning o'yinlarini qanday baholaysiz? (SHahboz Beg'amov, championat.asia)
- Men odatda futbolchilarni individual tarzda muhokama qilib, ularni o'yinlarini tahlil qilmayman. Lekin bu safar siz uchun buni chetlab o'taman, mayli. Aliboev masalasida shuni aytamanki, Ikrom maydonning istalgan nuqtasida o'ynashi mumkin. Ularni o'yinlaridan ko'nglim to'ldi.

- Pley-off masalasini hal etdik. Yaponiyaga qarshi o'yinda maksimal kuchimizni ishga solamizmi, yoki raqib tanlash etibori bilan yondoshamizmi? (Aziz Akbarov, uff.uz)
- Men har doim maksimal natija uchun kurashaman. Har qanday bahsda faqat g'alaba uchun o'ynayman. Futbolchilarga bo'shashishlari uchun imkon qoldirmayman. Men uchun istalgan jamoa bir xil. O'zbekiston Yaponiyaga qarshi faqat va faqat 3 ochko uchun o'ynaydi.

Reyting: +218   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика