So’nggi yangiliklar

13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  0 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  1 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   1 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  8 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  14 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  15 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  13 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  7

Ektor Kuper o'zbek futboli bilan yaqindan tanishishni boshladi Yangiliklar

Ektor Kuper o'zbek futboli bilan yaqindan tanishishni boshladi

Kecha Milliy olimpiya qo'mitasining anjumanlar zalida O'zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Ektor Kuper bilan matbuot anjumani tashkil qilinganidan futbol muxlislarining xabarlari bor.

Matbuot anjumani nihoyasiga etishi bilanoq Ektor Kuper o'zbek futboli bilan yaqindan tanishishni boshlab yubordi.

Ektor Kuperning dastlabki tashrifi “Bunyodkor” futbol akademiyasiga uyushtirildi. U erda mutaxassis futbolchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, mashg'ulot zallari, futbol maydonlari, bolalar istiqomat qiladigan yotoqxonalar bilan tanishdi. Ijobiy taraflari va kamchiliklar haqida o'z fikr va maslahatlarini berib o'tdi.

SHundan so'ng Ektor Kuper  “Milliy” stadioniga tashrif buyurdi. Stadionni ko'zdan kechirib, o'zbek futboli tarixi muzeyini aylandi. “Milliy” stadionga uyushtirilgan tashrif so'nggida faxriy mehmonlar kitobiga o'z fikrlarini yozib qoldirdi.
 
  “Milliy” stadiondan chiqqach Ektor Kuper Toshkent temiryo'l muhandislari instituti hududida joylashgan “O'zbekiston temir yo'llari sport stadioni”ga bordi. U erda Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasining mashg'ulotini kuzatdi. Murabbiy va futbolchilar bilan tanishib, ular bilan suhbatlashdi. Mashg'ulot oxirida Ravshan Haydarov va uning jamoasiga Indoneziyada bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlarida omad tiladi.

Reyting: +89   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика