So’nggi yangiliklar

23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  14 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 21:16"Манчестер Сити" — "Челси". Таркиблар маълум  27 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  6 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  18 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1

Ektor Kuper: "SHogirdlarim bilan, jamoam bilan faxrlanaman" Yangiliklar

Ektor Kuper: "SHogirdlarim bilan, jamoam bilan faxrlanaman"

Avstraliya - O'zbekiston uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab Ektor Kuper ishtirok etdi.

"Bunday mag'lubiyatdan so'ng biror so'z aytish qiyin. O'yinchilarim bugungi o'yin uchun aytilgan barcha ko'rsatmalarni bajarishdi. SHogirdlarim bilan, jamoam bilan faxrlanaman. Ikkinchi taymda 15-20 daqiqa passiv o'ynadik. Avstraliya bilan tengma teng o'yin namoyish etdik. Penaltilar seriyasi bu lotoreya. Bu futbol. Oldinga intilishda davom etamiz", - deydi Kuper. 


- Marat Bikmaevni o'yin tugashiga ozgina vaqt qolganda tushirishdan maqsad qanday edi? 

- Eldor katta hajmdagi ishni bajardi va charchadi. Uni almashtirish zarur edi. Zaxirada o'tirgan barcha futbolchilar tayyor edi. Marat terma jamoamizning muhim o'yinchilaridan biri.


- Sardor Rashidovni Osiyo Kubogiga olib kelish qanchalik to'g'ri qaror bo'ldi deb o'ylaysiz? 

- Menimcha bu to'g'ri qaror edi. U terma jamoaga kelish uchun ko'p mehnat qildi. Tarkibdagi barcha yigitlar jamoa uchun harakat qilishdi. 


- O'yin uchun rahmat. Penaltilar seriyasi lotoreya buni tushunamiz. Oldinda Jahon chempionati saralash bahslari turibdi. Jamoamiz o'yinini kuchaytirish uchun qaysi kamchiliklar ustida ishlash kerak deb hisoblaysiz? 

Oldindagi muhim musobaqalarga yanada jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz. Biz hozir optimistik ruhdamiz. Avstraliya kabi Osiyo grandlari bilan tengma-teng o'nay olishimizni ko'rsatdik. Endi xatolarni tahlil qilib, o'yinimizni yanada kuchaytirish uchun ish olib boramiz.


- Biz kuchli jamoa tuzishga harakat qilyapmiz. Afsuski, Osiyo kubogida ishtirokimizni yakunlashga majbur bo'ldik. Bu Osiyo musobaqasida kuchli terma jamoalarga qarshi o'ynadik. Yaponiya, Avstraliya kabi. Ular bilan munosib kurashdik. 


- Bugun Avstraliyaning kuchli tomonini kuchsizlantirishga harakat qildik. Futbolchilar 120 daqiqa davomida maydonda o'ynashdi, keyin penaltilar seriyasi bo'ldi. Bu lotoreya, futbolchilar bunga ruhan tayyor bo'lishi kerak. Biz musobaqadagi barcha o'yinlarimizni tahlil qilib chiqamiz. Kamchilik va xatolarimiz ustida ishlaymiz. Osiyo Kubogiga qisqa muddat ichida tayyorgarlik ko'rdik. SHunga qaramay, o'z o'yinimizni namoyish qila oldik. Futbolchilar namoyish qilgan o'yindan qoniqish hosil qildim. Ammo biz ishlashda davom etamiz. O'yinimizni yanada kuchaytiramiz.



Reyting: +263   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика