So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  5 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  5 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

Ektor Kuper: "Qo'l ostimdagi xodimlarning ishi yoqqani uchun ularni mukofotladim" Yangiliklar

Ektor Kuper: "Qo'l ostimdagi xodimlarning ishi yoqqani uchun ularni mukofotladim"

O'zbekiston - KXDR uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida Ektor Kuper va Anzur Ismoilov ishtirok etdi.

"Avvalo shuni takidlab o'tishi kerakki ertangi bahs navbatdagi sinov bo'ladi. O'zbekiston terma jamoasi o'yinini shakllantirishda davom etamiz. Suriya va Eron bilan o'yinlardan keyin o'zgarishlar bormi yoki yo'qmi shuni tekshiramiz. Sinov degan so'zni ko'p takrorlayapman. Osiyo Kubogiga qadar ko'p sinov o'tkazamiz. Tarkibda yangi futbolchilar bor. O'yinimizda ham o'zgarishlar bo'ladi. Kamchiliklar va xatolar ustida ishlash uchun qulay imkoniyat", - deydi Ektor Kuper. 

"Terma jamoada kayfiyat yaxshi. Barcha legionerlar etib keldi. Tarkibga olimpiyachilar ham qo'shilishdi. Bosh murabbiy bergan ko'rsatmalarni to'liq bajarishga harakat qilamiz", - deydi Anzur Ismoilov. 


- Tarkibda yangi futbolchilar bor dedingiz. Oldin terma jamoa safida umuman o'ynamagan ikki darvozabon bor xolos. SHularni nazarda tutdingizmi?

- Men terma jamoada umuman o'ynamagan emas ko'p ham chaqirilmagan futbolchilarni nazarda tutdim. Masalan, Javohir Sidiqov va boshqalar. Ular terma jamoada bitta yoki ikkita o'yin o'tkazishgan xolos. 

- Ertaga KXDRga qarshi hujumkor o'yin ko'ramizmi?

- Ertaga hujumkor o'yin ko'rasizlar deb ayta olmayman. Mening uslubim natija olib keladigan o'yin ko'rsatish. Muxlislar va jurnalistlarga himoyaviy o'yin yoqmaydi. Men ertaga hujumkor o'yin namoyish etib berishim mumkin, lekin natija bo'lmasligi mumkin.

- Bu yig'inga SHuhrat Muhammadiev va Farrux Sayfiev chaqirilmadi. O'z klubida yaxshi o'ynab turgan ikki himoyachini chaqirilmaganiga sabab bormi? 

- Doim murabbiyning tarkib borasidagi tanlovi hammaga ham yoqmaydi. Ammo bosh murabbiy nimaga u yoki bu futbolchini chaqirmaganini tushuntirib berishga majbur emas. Bu yig'inga chaqirilmagan futbolchi menga yoqmadi degani emas. Sababi Osiyo Kubogiga qadar imkon qadar ko'proq futbolchilarni sinab ko'rishim kerak. Sentyabr va oktyabr oyidagi yig'inga jalb etilgan futbolchilar Osiyo Kubogida asosiy o'zagi bo'ladi demagan bo'lardim. Noyabr oyida ham yig'in bor. Ana o'sha yig'indagi tarkib qisman BAAga boradigan tarkibga yaqin bo'ladi. 

- Bugun championat.asia saytida xabar chiqdi. Unda siz terma jamoa xodimlariga oylik berganingiz haqida yozilgan. Bu rostdan ham bo'lgan voqeami yoki...

- Men hech qachon oylik bermayman. Men o'zim oylikka ishlaydigan odamman. Agar men xodimlarga pul bergan bo'lsam bu O'FAning o'rniga pul berdim degani emas. Agar kimgadir pul bergan bo'lsam, bu o'sha xodimlarning mehnati menga yoqqanini anglatadi. Men qo'l ostimdagi ishchilarga mukofot sifatida o'z tashabbusim bilan pul bergaman. Bu O'FA beradigan maoshlarga hech qanday aloqasi yo'q. Men O'FAning sharoitidan nolimagan bo'lardim. Ish jarayonidagi bazi muammolar topiladi, hammamiz muammolarni birgalikda hal qilayapmiz.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +69   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика