So’nggi yangiliklar

00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  0 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  110 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  8 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  12 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  34 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  16 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  76 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  13 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1

Ektor Kuper: "Oktyabr oyidagi yig'inda terma jamoaga umuman chaqirilmagan futbolchilar ham bo'ladi" Yangiliklar

Ektor Kuper: "Oktyabr oyidagi yig'inda terma jamoaga umuman chaqirilmagan futbolchilar ham bo'ladi"

O'zbekiston - Eron (0:1) o'rtoqlik uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Ektor Kuper qatnashdi.

- Birinchi navbatda ikkita turli xil taymlar guvohiga aylandik. SHuni unutmaslik kerakki raqib anoyilardan emasdi. Ikkinchi taymda charchoq alomatlari sezildi. Balki bunda mening aybim bordir, mashg'ulotlar vaqtida jismoniy tayyorgarlikka ko'proq etibor bermagandirmiz. Himoya chizig'i bugun oldingi bahsa nisbatan yaxshiroq o'ynadi. Hujumda esa hali qiladigan ishlarimiz ko'p. Eron ham ko'p hujum qildi demagan bo'lardim. To'g'ri natija bo'lmadi, ammo o'rtoqlik uchrashuvi bo'lgani uchun yangi futbolchilarni tushirib ularni sinab ko'rishga qaror qildim. Ikkita o'yin orqali xulosa qilib aytadigan bo'lsam qaysi poziciyani kuchaytirishim kerakligini bilib oldim. Keyingi yig'inga yangi futbolchilar chaqiriladi", - deydi Kuper.



- Sizning uslubingiz himoyaviy. Bunday vaziyatda hujumda imkoniyat kam bo'ladi va o'sha kam imkoniyatdan foydalanish kerak. Hujum chizig'ida uch futbolchi Temurxo'ja Abduxoliqov, Igor Sergeev va Ivan Nagaevem sinab ko'rdingiz. Ular sizning talabingizga javob beradimi yoki yo'qmi?
-  Oldingi matbuot anjumanlarida aytganman. Asosiy urg'uni himoyaga qaratganman. Hujumchilarning soni bilan hujumkorlikni bog'lamagan bo'lardim. Bugun 4 nafar hujumkor o'yinchi harakat qildi. Bugun Osiyoning eng kuchli jamoalardan biriga qarshi o'ynadik. Keyrush 7 yildan buyon ishlamoqda, men esa 14 yoki 15 kundan buyon bu jamoa bilan ishlayapman. Eng asosiysi qaerda xatolar qilganimizni ko'rib oldim. Qaysi o'yinchilar mening talablarimga javob bermayotganini aniqlab olaman. Ikkinchi taymda yomon o'ynadik, bunda mening ham aybim bor.


- Oldinda oktyabr va noyabr oyidagi FIFA kunlari bor. Bundan tashqari Superliga tugaganidan so'ng, taxminan dekabr oyining ikkinchi yarmidan yig'in o'tkazish imkoniyati bor. SHu vaqt sizga Osiyo Kubogiga tayyorgarlik uchun etarli bo'ladimi? Yoki Superligani ertaroq tugatish borasida taklif bilan chiqasizmi?
- Vaqt etarli darajada. O'ylaymanki hech qanday muammo bo'lmaydi. Indinga men O'zbekiston chempionati o'yinlarini kuzatishni boshlayman. Terma jamoani kuchaytirishi mumkin bo'lgan futbolchiarni kuzataman.

- Yaponiya va Janubiy Koreya terma jamoalarining o'zagini yosh futbolchilar tashkil qiladi. Bizning terma jamoada yoshi katta futbolchilar ko'p. Siz yosh futbolchilarga etibor qaratasizmi? 

- Albatta to'g'ri gapni aytdingiz. O'zbekiston U-23 terma jamoasida ko'z ostimga olib qo'ygan futbolchilar bor. Ular terma jamoani kuchaytira olishiga shubham yo'q. Indoneziyadagi musobqada ishtirok etishgani uchun ularni sentyabr oyidagi yig'inga chaqirmadik. Oktyabr oyidagi yig'inda hali terma jamoaga umuman chaqirilmagan o'yinchilar bo'ladi. SHu o'rinda jurnalistlarga rahmat aytmoqchiman. Boshqa davlatda bo'lganida hozirdanoq tanqidiy qarashlar va keskin savollar berishgan bo'lardi. Sabr uchun barchaga rahmat aytaman.

Reyting: +92   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика