Ektor Kuper 63 yoshda
16 noy 2018 12:25
Yangiliklar
Ektor Kuper 63 yoshda
Xabaringiz bor, O'zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari Ektor Kuper boshchiligida ayni kunlarda Avstraliyaning Brisben shahrida yig'in o'tkazishmoqda.
Bugun milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuper 63 yoshni qarshi oldi. Argentinalik mutaxassis 1955 yilning 16 noyabr kuni tavallud topgan. Terma jamoamiz futbolchilari va delegaciya azolari bugun tushlik vaqtida Kuperni tug'ilgan kuni bilan tabriklashdi. Unga eng ezgu tilaklarni tilashdi.
O'z o'rnida O'zbekiston futbol associaciyasi ham Ektor Kuperni tavallud ayyomi bilan muborakbod etadi hamda unga omad va zafarlar yor bo'lishini tilab qoladi. Umid qilamizki, ushbu murabbiy qo'lostida milliy terma jamoamiz millionlab yurtdoshlarimizning azaliy orzusini ro'yobga chiqarib, Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritadi!

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar