Ektor Beleringa Ispaniya chempionatidan qiziqishlar bor
12 iyu 2020 16:41
Yangiliklar
"Marca" xabariga ko'ra, "Arsenal" himoyachisi Ektor Belerin faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.
25 yoshli fulbekka "Atletiko" va "Sevilya" kabi klublar tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. SHuningdek, "Inter" ham vaziyatni kuzatuv ostiga olgan.
Belerinning "kanonirlar" bilan shartnomasi 2023 yilga qadar davom etadi. Uning hisobida APLning 14 o'yinida 1 gol bor.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar