So’nggi yangiliklar

17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  0 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  1 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  3 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  4 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  1 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  3 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  5 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   5 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4

Ekspert fikri. Sanjar Asqaraliev: "Neftchi" Superligaga bir qadam qolganda o'z oyog'iga o'zi bolta urdi. Bu to'qnashuvda "Andijon"ning imkoniyati yuqori" Yangiliklar

Ekspert fikri. Sanjar Asqaraliev: "Neftchi" Superligaga bir qadam qolganda o'z oyog'iga o'zi bolta urdi. Bu to'qnashuvda "Andijon"ning imkoniyati yuqori"

Malum muddatli tanaffusdan so'ng "Ekspert fikri" ruknimiz yana etiboringiz markazida.

O'tgan davr mobaynida futbolimizda diqqatga arzigulik voqealar, qiziqarli jarayonlar yuz berdi. Superliga - 2020 uchrashuvlari yakuniga etganidan so'ng "Turon" - "Neftchi" o'yini katta sahnaga chiqdi, oldinda bizni yana bir yaxshi manodagi "jang" kutmoqda. Bu 15 dekabr kuni bo'lib o'tishi kutilayotgan "Neftchi" - "Andijon" uchrashuvidir. Biz esa mazkur bellashuv oldidan ikki jamoa safida to'p tepgan Sanjar Asqaralievning fikrlari bilan qiziqdik.

"Oxirgi o'yinlarda "Andijon" agressiv, "Neftchi" esa bo'sh o'ynamoqda"

"To'g'risi ikki jamoa men uchun begona emas. O'z vaqtida bu jamoalarda to'p tepganman. Lekin hozirgi vaqtda "Andijon" agressiv va "mobilni" o'ynamoqda. Masalan "Nasaf" bilan bahsda juda yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Futbolchilar tezkorlik bilan harakat qilyarti, vaziyatlar yaratmoqda. "Neftchi" esa oxirgi o'yinlarni bo'shroq o'tkazmoqda. Ularning "Dinamo" va "Turon" bilan o'yinlarini ko'rdim. Mening fikrimcha ushbu to'qnashuvda "Andijon"ning imkoniyatlari yuqoriroq. Boz ustiga "Neftchi" tarkibida bir qator jiddiy yo'qotishlar bor. Bu ham o'z tasirini ko'rsatishi aniq. Aslida "Neftchi" Superligaga bir qadam qolganda o'zining oyog'iga o'zi "bolta" urdi".

"Yuriy Sarkisyanning hurmati joyiga qo'yilishi kerak"

"Men bu borada hozirga qadar gapirib kelaman. Yuriy Vazgenovichni Farg'onaga chaqirib duosini olish va hurmatini joyiga qo'yish kerak. Kerak bo'lsa bitta chopon kiydirib katta tantana bilan kuzatilishi yoki "Neftchi"da biror lavozimda ish berish zarur. Loaqal maslahatchi bo'lib faoliyat olib borsa ham katta foydasi tegadi. Bo'lmasa Farg'ona futbolining ishi yurishmay yuraveradi".


SHuning barobarida Sanjar Asqaraliev Superliga - 2020 bahslari haqida ham fikrini bildirib o'tdi.

"Darhaqiqat, ayni paytda "Paxtakor" o'yin tomonlama ham, proffessionallik darajasidan ham qolganlardan bir bosh ustun. "Nasaf"ni sovrindorlar qatorida ko'rib ochig'i xursand bo'ldim. Akademiya tarbiyalanuvchilari bilan kumush medallarni qo'lga kiritdi va O'zbekistonda "Paxtakor"dan keyingi jamoa bo'ldi. Albatta bu yomon natija emas. Biz to'p tepgan davrda jamoalar qolaversa futbol ham boshqacha edi. Ayrim paytlarda televizordan O'zbekiston chempionatini ham ko'rgim kelmaydi. Intriga yo'q, qiziq emasligidan boshqa kanalga olaman. Vodiy jamoalari orasidan "Qo'qon-1912" bu yil yaxshi ishtirok etdi. "Navbahor"dan ko'p narsa kutgandim. CHunki, mazkur jamoaning tarkibidagi barcha futbolchilar yuqori saviyadagi yulduz o'yinchilar hisoblanadi. "Andijon" esa muammolari tugagach yaxshi jamoa bo'lib qoladi. Ko'p narsa mablag'ga borib taqaladi".

Abdulaziz Iskandarov tayyorladi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика