So’nggi yangiliklar

10:33«Олимпик» 7 нафар футболчи билан шартнома тузди  1 10:09Футбол, Ҳасанбой ва бошқалар. Бугун Париж Олимпиадасида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг  2 10:00УзПФЛ. «Нефтчи» етти нафар футболчини рўйхатдан ўтказди ва яна шунча футболчи билан хайрлашди  3 09:28FourFourTwo. Футбол тарихидаги энг яхши таянч яримҳимоячилар рейтинги тузилди  3 08:56Ибаи Гомес: "Ўзбекистонга қарши ўйинда ғалаба қозонсак, кейинги босқичга йўл олишимизга ишонаман"  12 08:25«Насаф» собиқ дарвозабони ва яна икки нафар футболчи. «Қўқон-1912» уч нафар футболчи билан шартнома тузди  1 07:55Канада терма жамоаси гуруҳда иккита учрашувда ғалаба қозонди, бироқ уларда ҳозирча 0 очко. Қандай қилиб?  2 07:24Бугун Доминикан Республикасига қарши майдонга тушамиз  21 01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  6 00:30Левандовски: "Мбаппе - "Барселона" учун қўшимча мотивация"  6 00:00Назорат учрашувида "Пахтакор" "Машъал"га мағлуб бўлди  6 23:45"Челси" билан музокара ўтказган Кьеза "Тоттенхэм"га ўтиши мумкин  1 23:11"Арсенал" ҳужумчи борасида яна Италия клубига мурожаат қилди  3 22:44Мбаппе Франция клубининг бошқарув акциялари пакетини сотиб олади  1 21:55"Насаф" яна бир трансфер ҳақида эълон қилди  5

Eksklyuziv! Odil Ahmedov bilan akademiyasi, Mo'minjonov va qarshiliklar haqida Yangiliklar

Eksklyuziv! Odil Ahmedov bilan akademiyasi, Mo'minjonov va qarshiliklar haqida

Xabaringiz bor, joriy yil 2004 yilda tavallud topgan futbol tarbiyalanuvchilari Namangan sport kollejiga imtihon topshirdilar.

Namangan viloyati hokimligi bilan hamkorlikda boshlangan ish yanada unumli bo'lishi uchun Odil Ahmedov Italiyada tadbiq etilayotgan yangi metodikani o'z akademiyasida qo'llashni maqsad qildi. 

Bu borada O'zbekistonning Italiya "A" seriyasida faoliyat olib borgan yagona futbolchisi Ilyos Zeytullaev ham o'z yordamini berishini aytib o'tdi. Ayni paytda Zeytullaev UEFA "B" licenziyasiga ega bo'lib "Kupello Kalcho" klubida Italiya futbolining kelajagi sifatida qaralayotgan yangi metodika asosida ish boshlab yuborgan.

Zeytullaev "JFL Tashkent" va Odil Ahmedov akademiyasi mutaxassislariga Italiyadagi barcha sharoitlarni yaratib berishini takidlab o'tar ekan, to'g'ri yo'l orqali nafaqat O'zbekiston MTJga, balki xorijga ham yaxshi saviyadagi o'yinchilarni chiqarish mumkinligini aytib o'tdi.

So'nggi kunlarda yuz berayotgan voqealarga befarq bo'lmagan O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori saytimizda chiqish qildi.

"Namanganda yana yoshlar futboli qayta oyoqqa turayotganini eshitayotgan juda ko'plab hamshaharlarimdan nafaqat namanganliklar, balki vodiy ahlidan juda ko'plab xatlar olyapman. "Navbahor"ga saylangan yangi prezident SHavkatjon Abdurazzoqovni klub o'rinbosarlari uchun alohida sharoit yaratib berganini eshitib xursand bo'ldim. CHunki bu bizning ishimizni engillashtiradi, sport kollejidan yaxshi bolalarni etishtirib berib tursak, o'rinbosarlar tarkibi orqali yo uni bosh jamoaga yoki chetga chiqarish bilan shug'ullanamiz. SHuning uchun ham o'rinbosarlarga bo'lgan etibor juda muhim. To jamoa o'z o'rinbosarlariga jiddiy etibor qaratmas ekan, chetdan kelgan futbolchilar hozir jamoani emas, o'zini o'ylaydigan bo'lib qolgan. Tez kunlarda xorijlik hamkorlarimiz bilan murabbiylar malakasini oshirish borasida ish boshlaymiz", - deydi Odil Ahmedov.

- Mavsum boshida "Navbahor"da sizning hissangiz haqida gap-so'zlar chiqqan edi?

- Men bu yil jamoaga rosmana yordam bermoqchi edim. O'tgan yil yakunida jamoa qiyin ahvolga tushib qoldi, o'shanda qo'ldan kelgan yordamni berdim. Yakunda jamoa oliy ligada qolgach, men kerak bo'lmay qoldim. Mayli, bunga qarshiligim yo'q. Lekin nima o'zgardi? Mo'minjonov menga yoshlarga etibor qaratishni vada bergandi, ammo yakunda rulni o'z qo'liga ola boshladi, xuddiki barcha ishni u qildi. Bemalol ishlayversin. Lekin yana bir bor aytaman, Namanganni karvonsaroy qilishmasin. Viktor Jalilovni ko'pchilik yomon ko'radi, lekin u har doim 2-3 futbolchini kashf qilib ketgan. Bizga mana shunday murabbiylar kerak. Mo'minjonov klubda yana qancha ishlaydi bilmayman, ammo ishni kechiktirmasdan yoshlarga urg'u berishimiz kerak, boshqa gap-so'z bo'lishi mumkin emas.

- Kimlarni misol qilib keltira olasiz?

- Mana "Neymar"ni olaylik (Ahmad Mamadaliev, 1997 yilda tavallud topgan) nonvoy bola, kechalari non yopib chiqadi keyin mashg'ulotga keladi. Oilaviy holati bunday bo'lib tursa, bola qanday o'sadi? Yovanovich nega yo'qolib qoldi? Yoki "Navbahor" unga mashg'ulot maydonimi? Yil boshida o'ynay olmay, oxirida gol uradigan. Urgan gollari ham g'alaba keltirmagan. Bunday duranglarni mahalliy futbolchilar bilan ham qo'lga kiritsa bo'ladi. Bitta yosh o'yinchini qo'yib, 10ta o'yinga imkoniyat bering, u ham 11-turdan urishni boshlaydi. Gapirsa gap ko'p!

Azizbek Turg'unboevchi? O'tkan yili Rossiyaga ketishga tayyor turgandi bu bola. Oilaviy sharoitidan kelib chiqib. 2016 yil unga etibor bo'lmadi, bu yil ham ketkazishayotgandi. CHunki familiyasi yo'q-da. Nimadir bo'ldi-yu, bitta o'yindan keyin qoldi. Mana hozir asosiy tarkib futbolchisi. Namanganlik istedodlar Rossiyaga ishlagani emas, o'ynagani ketishi kerak! Mana shu falsafani ilgari surishimiz kerak.

- O'z akademiyangiz haqida nima deysiz?

- Muammo shundaki, shuncha qilingan ishlarga to'siqlar bo'layapti. Agar Namangandagi kollej va liceyni qayta oyoqqa turgizmasak, o'rinbosarlar safiga bola qaerdan keladi? O'rinbosarlarda futbolchi bo'lmasa, asosiy tarkibga kim keladi? Yaqin kunlarda Namanganda ikkita katta suniy maydon qurilishi boshlanadi. Uni ko'chadan kelgan kishilarga pul ishlash uchun qilmayapman. SHu yoshlar uchun joy bo'lsin deyman. SHuni ham gapirib yurganlar va ish boshlashimizga qarshilik qilayotganlar bo'layapti. Vodiy chempionlar ligasi ham o'z-o'zidan kelmagan g'oya. Kollej va liceyga yaxshi futbolchilarni saralab olaylik deyapmiz. Rauf Inileev ham tekinga ishlamasa kerak, unga ham maoshni o'zimiz beramiz. Mutaxassislarni Italiya va "Krasnodar" akademiyasiga yuborishni reja qilib turibman. Kollej va liceydagi barcha murabbiylarni qayta ko'rib chiqib, maqulini olib qolish va ular bilan zamonaviy fikrlashimiz kerak. Rauf Inileev ularga masul bo'ladi va biz tadbiq etadigan metodikaning ishlash jarayonini nazorat qiladi. Inventarlar yaxshi bo'lsin, bolakaylarda to'p bilan muammo bo'lmasin. Hammasini alo holatda qilishni o'ylab qo'yganmiz, lekin qarshilik bunday davom etadigan bo'lsa, men qanday ishlayman, loyihani Toshkentga ko'chiramanmi yoki Farg'onagami? Iltimos, menga qarshilik qilmang, birovdan pul so'rayotganim yo'q-ku!


Reyting: +57   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика