So’nggi yangiliklar

20:37Асенсио АПЛ клубига ўтиши мумкин  1 20:13"Брест" — ПСЖ. Кварацхелия, Дембеле ва Барколя асосий таркибда  0 19:57Назорат ўйини. "Нефтчи" Қозоғистон клубини таслим қилди  4 19:48Баҳодир Мирзаев: "Қуръадан кўнглимиз тўлди, буёғига амалда кўрсатиш қолди"   4 19:35АПЛ. "Ноттингем Форест" жавобсиз 7та гол урди  9 19:30Иван Бошкович: "Бизга энг қийин рақиб рўбарў келди"   4 19:25Тўртта баҳс учун таркиблар маълум бўлди  0 18:58Рэшфорднинг ижараси деярли ҳал. Маошни "Астон Вилла" тўлайди  0 18:32Суперлиганинг биринчи давра тақвими маълум бўлди  24 17:30Суперлига қуръаси олдидан. Мутахассис фикри: "Футболи ривожланган мамлакатлар қуръа ташлашда бошқа тизимлардан ҳам фойдаланмоқда"   1 17:21Дилшод Комиловнинг кейинги клуби номи маълум  2 17:12МЮ "Арсенал" ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олди  2 16:10Суперлига. Биринчи турда энг кўп тўқнаш келган икки жуфтлик, ҳар иккисида "Сўғдиёна" иштирок этган   8 15:54Рэшфорд АПЛ клубига ўтяпти  8 15:29Назорат ўйини. "Навбаҳор" Хорватия клубига мағлуб бўлди  14

EKL. SHomurodov "Trabzonspor"ga qarshi dastlabki o'yinda "Roma"ga g'alaba keltirdi Yangiliklar

EKL. SHomurodov "Trabzonspor"ga qarshi dastlabki o'yinda "Roma"ga g'alaba keltirdi

Evropa Konferenciyalar ligasi pley-off bosqichidan o'rin olgan "Trabzonspor" - "Roma" uchrashuvida boshlang'ich tarkiblar malum bo'ldi.

Trabzonspor Turkiya – Roma Italiya 1:2

Gol: Pellegrini (55, 0:1), Kornelius (64, 1:1), SHomurodov (81, 1:2).

Trabzonspor – CHaqir, Keybashi (Tronnsen, 63), Vitor Ugo, Bruno Peres, Ie, Gamshik, Ozdemir (Omyur, 77), Jervino (Kornelius, 63), Bakasetas, Nvakaeme, Janini (Koyta, 83).

Roma – Ruy Patrisiu, Karsdorp, Manchini, Vinya, Rojer, Mxitaryan (Karles Peres, 82), Veretu (Diavara, 90), Kristante, Pellegrini (Kumbula, 90), Dzanolo (Reynolds, 90), SHomurodov (Mayoral, 82).

Ogohlantirish: Bruno Peres (14), Vinya (15), Ie (51).

Trabzonspor

Andreas Cornelius - 64'

Europa Conference League Qualification . final-tur

19/08/2021, 23:30

2
:
1
Tugadi

Roma

Lorenzo Pellegrini - 55', Eldor Shomurodov - 81'

Stadion: Senol Gunes Akyazi Stadyumu

45'
90'
64'  Andreas Cornelius
55'  Lorenzo Pellegrini
81'  Eldor Shomurodov

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! Eldor SHomurodov o'z goli bilan dastlabki o'yinda "Roma"ga ustunlik taqdim qilmoqda! 

90+4. ZARBAAAA!!! Patrisiu ushbu seyvi orqali jamoasining g'alabasini mustahkamlamoqda!

90+2. UXXXX!! Sal qoldi! Qanotdan uzatilgan to'pni "Roma" himoyachisi burchakka chiqarib yubordi.

O'yinga 3 daqiqa qo'shib berildi.

Bunchalik ko'plab gollar uraverganidan keyin SHomurodovning gollariga reakciyamiz kamayib ketadi, shekilli)

Eslatib o'tamiz, ushbu jamoalar o'rtasidagi javob o'yini 26 avgust kuni bo'lib o'tadi.

Bugungi kun ham o'zbek futboli uchun katta yutuqqa aylandi desak adashmagan bo'lamiz.


81. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLLL!!!!!!! SHOMURRRROOOOOODDDOOOOOOVVVVVVV!!! Biz bilgandik, biz kutgandikkkk!

78. Mxitaryan hujumdagi SHomurodov tomon to'pni oshirdi. Eldor raqibiga elkama-elka kurashda mag'lub bo'ldi.

69. ZARBAAAAAAAA!! Nvakaemeeeeee!!!! "Roma" himoyasini osonlik bilan aldab o'tdi va yana zarbaga kelganda aynan Patrisiuni poyladi.

65. ZARBAAAAA!! Nvakaeme "Roma" posboni tomon to'pni tepdi.

64. GOL! Kornelius hisobni tenglashtirdi. Qanotdan uzatilgan to'pni u boshi bilan darvozaga kiritdi.

61. EXXXX!! Mxitaryan to'pni bir zum ertaroq SHomurodovga berganida hamyurtimiz raqib posboni bilan birga bir holatga chiqib borardi.

59. Mezbonlar burchak zarbasiga ega bo'ldi. Birinchisini himoyachilar, ikkinchisini darvozabon oldinga chiqarib yubordi.

55. GOOOOOOOOOOOLLLLLL!!! Mxitaryanning ajoyib pasidan keyin Pellegrini hisobni ochdi!

54. "Roma" yana bir vaziyatga ega bo'ldi. Bu pallada Zanolo to'pni ochiqchasiga qizg'andi.

52. Uzun pas Vinyaga mo'ljallangandi. Matias to'pga etib kela olmadi.

49. Negaaaaaaaaa?! Jarimadan uzatilgan to'p Eldorga kelayotgan payti uning jamoadoshi boshi bilan judaaa ham noaniq zarba berdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

- Demak, jamoalar maydonga qaytib chiqishmoqda.

Tanaffus!

44. ZARBAAAAA!! Bakasetas uzoq masofadan kuchli zarba yo'lladi. To'p Patrisiu darvozasining yonidan o'tib ketdi.

41. Bosh hakam bugun jamoalarni hushtakka o'tkazib qo'ydi. SHomurodov elkama elka kurashda Bruno Peresdan ustun kelgani uchun fol belgiladi.

39. ZARBAAAAAAA!!! SHomurodovning pasidan keyin Karsdorp darvoza to'rining tashqi tomonini poyladi.

35. To'p asosan rimliklarda. Ammo o'yin o'rtada, past tempda ketmoqda.

32. Gamshikdan unchalik xavfli bo'lmagan aniq zarba ko'rdik. Darvozabondan seyv!

30. "Roma" ajoyib vaziyatga ega bo'lishi mumkin edi. Manchini qanotdan hujum tomon to'pni oshirdi. Anchagina kuchli va noaniq pas bo'ldi.

26. GOOOOOOOOOOLLLL!!!! Exxxxxx.... Mxitaryan ajoyib gol urgandi. Ammo u bu vaziyatgacha to'pni qo'li bilan o'ynagandi.

24. "Roma" hujumga o'tdi. Ibanesning qanotdan hujum markaziga oshirgan to'pi anchagina balanddan o'tib ketdi. 

22. Nvakaemening zarbasi to'ppa-to'g'ri Patrisiuning qo'llariga bordi.

18. "Roma" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Veretuning zarbasi noaniq ketdi.

16. Ruy Patrisiu qanotdan darvozasiga yo'llangan zarbani ushlab oldi.

15. Endi Vinya ogohlantirildi. U raqib jarima maydonchasi ichida penalti ishlashga harakat qildi.

14. Adashmasam SHomurodovni qo'pollik bilan to'xtatgani uchun Peres ogohlantirildi. "Roma"da standart vaziyat.

11. Exxxxx!! SHomurodov to'pni to'xtata olgandamimi, gol urish uchun ajoyib imkoniyatga chiqib borardi.

9. Bosh hakam SHomurodovni fol ishlatgan deb topdi. Biroq vatandoshimiz bu vaziyatda raqibiga qarshi qo'pol o'ynamaganini ko'rdik.

Dastlabki 5 daqiqa mezbonlarning ustunligi ostida o'tdi.

4. "Trabzonspor" yana bir bor hujumga o'tayotgandi. Ibanes to'pni autga chiqarib yubordi.

2. Janinning zarbasini raqib himoyachisi qaytardi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Jamoalar maydonga chiqib kelishgan. Uchrashuv boshlanishi uchun barcha narsa shay!

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari! Etiboringizni "SHenol Gyunesh" stadioniga qaratamiz. Unda Eldor SHomurodovning "Roma"si Jervinosi bor "Trabzonspor"ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv matnli translyaciyasini Mirjalol Normatov yozib boradi.

Reyting: +90   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика