So’nggi yangiliklar

13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  1 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  0 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  3 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  5 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  6 09:30Суперлиганинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  3 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  18 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  8 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  8 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси Эрон чемпиони билан шартнома имзолайди  13 01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  18 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7

EKL. Gollarga boy bo'lgan o'yinda "Roma" "Bude-Glimt"ni mag'lub etolmadi Yangiliklar

EKL. Gollarga boy bo'lgan o'yinda "Roma" "Bude-Glimt"ni mag'lub etolmadi

Teglar :  RomaBude-Glimt
Evropa Konferenciyalar ligasi 4-turidan o'rin olgan "Roma" - "Bude-Glimt" o'yini yakunlandi.

"Roma" - "Bude-Glimt" 2:2

Gol: 0:1 – 45 Solbakken, 1:1 – 54 El-SHaaravi, 1:2 – 65 Botxeym, 2:2 – 84 Rojer.

Roma – Ruy Patrisiu, Karsdorp, Kristante, Manchini, Rojer, Mxitaryan (Karles Peres, 46), Veretu, Zanolo (SHomurodov, 66), Darbo (Vilyar, 46), El-SHaaravi (Zalevski, 88), Abraxam (Mayoral, 81).

Bude-Glimt – Xaykin, Sampsted, Moe, Lode, Berkan, Konradsen (Vetlesen, 88), Fet, Xagen, Pellegrino (Mugisha, 88), Botxeym, Solbakken.

Ogohlantirishlar: Kristante (75), Xaykin (75), Rojer (78), Solbakken (80), Moe (87).


YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI! "Roma" o'z maydonida ham "Bude-Glimt"ni mag'lub etolmadi.

90+3. Solbakkenning zarbasi noaniq chiqdi.

90+2. "Roma" hujumda qo'pollik ishlatdi.

90. Uchrashuvga 4 daqiqa qo'shib berildi.

88. O'zgarishlar: Pellegrino o'rniga Mugisha maydonga tushdi. "Roma"da esa El-SHaaravi o'rniga Zalevski o'yinga qo'shildi.

87. Moe qo'pol o'ynagani bois hakam tomonidan ogohlantirildi.

84. GOOOOOOLLLLLLLL!!! Ibanes!!! Hisob tenglashdi! Qanotdan oshirilgan to'pni Ibanes bosh bilan darvozaga yo'lladi, posbon to'pni qaytardi, ammo zamonaviy texnologiya gol bo'lganini malum qildi.

83. ZARBA! El-SHaaravi yana uslubida zarba berdi, birozgina...

81. "Roma"da o'zgarish: Mayoral Abraxam o'rniga o'yinga qo'shildi.

80. OGOHLANTIRISH: Solbakken hakamga etiroz bildirgani uchun sariq kartochka qabul qilib oldi.

79. SHomurodovdan bosh bilan zarba, ammo kuchsiz chiqdi.

78. OGOHLANTIRISH: Ibanes raqibiga qo'pollik qilgani uchun jazolandi.

76. SHomurodov Moega nisbatan o'yin qoidasini buzdi.

75. OGOHLANTIRISHLAR: Kristante va Xayken ogohlantirildi.

74. ZARBA! SHOMURODOV! El-SHaaravining uzatmasidan so'ng Eldor chap oyoqda kuchli zarba berdi, himoyachilar to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi.

72. Villiarning zarbasi o'xshamadi.

71. SHomurodov jamoasi foydasiga burchak to'pi ishladi.

70. ZARBA! Veretu uzoq masofadan o'z omadini sinab ko'rdi.

68. CHap qanotdan oshirilgan to'p SHomurodovga etib bormadi, himoyachi to'pni qaytarmaganda...

66. SHomurodov Zaniolo o'rniga maydonga tushdi!

65. GOOOOOOOOOOOOOLLLLLLL!!! Botxeym! Qanotdan oshirilgan to'pni Botxeym boshi bilan Patrisiu qo'riqlayotgan darvozaga joylab qo'ydi. 

63. Abraxam maydonda ekanini unga nisbatan qo'pollik ishlatilshgandan so'ng bilib oldik.

62. Solbakkenga nisbatan El-SHaaravi qo'pollik ishlatdi. Golingga javob degani, bo'lsa kerak.

58. Karsdorpning o'ng qanotdan uzatmasi muvaffaqiyatsiz chiqdi.

54. GOOOOOOOOLLLLLLLL!!! El-SHaaravi!!! CHap qanotda to'pni egallab olgan italiyalik hujumchi o'z uslubida darvozaning olis burchagini aniq nishonga oldi.

53. Konradsenning zarbasi ikki darvozani ustma-ust qo'yganda ham golga aylanmasdi.

"Kichkina tabib" filmida aytilganidek, "Roma"ning farishtalari so'nggi oylarda qaergadir uchib ketgan...

50. Mehmonlar chap qanotdan hujum tashkillashtirdi, yakunda aynan norvegiyalik futbolchidan to'p maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

46. Manchini o'yin qoidasini buzdi.

Ikkinchi bo'limga start berildi.

"Roma"da ikki o'zgarish: Peres Mxitaryan, Villiar Darboning o'rniga maydonga tushdi.

Ayni damdagi holat

"Roma" birinchi bo'limda birorta aniq zarba bera olmadi.

BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI.

Hakam tomonidan birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

El-SHaaravi: Eldorni maydonga tushirmasangiz, ahvolimiz voy!
Mourinyu: CHindanmi?!

45+1. GOOOOOOOOOLLLLLLLLLLL!!! Solbakken!!! Tragediya davom etadi...

45. ZARBA! Konradsenning zarbasi himoyachilarga tegib, tezligini pasaytirdi.

40. "Bude-Glimt" jarima zarbasi ijro etdi, ko'ngildagidek chiqmadi.

37. Zanoloda juda qulay imkoniyat bo'lgandi, na o'zi eplab tepoldi, na ochiq turgan Abraxamga pas berdi.

37. Abraxam voqealar rivojidan oldinlab ketdi.

35. Veretu darvoza tomon kuchli zarba berdi, biroq to'p yuqoriga parvoz qildi.

32. "Roma"ning burchak zarbasini Abraxam nihoyasiga etkaza olmadi.

"Sport TV"da sharhlovchi o'zgardi, bizda esa o'zgarmaydi.

29. Pellegrinoning uzatmasini himoyachilar qaytardi.

28. El-SHaaravi Solbakkenga nisbatan qoida buzdi.

SHomurodov tushmagan o'yindagi "Roma"ning g'alabasidan ko'ra Eldor o'zini ko'rsatgan bahsda rimliklarning mag'lubiyatini afzal ko'rishsa kerak o'zbek muxlislari.

24. ZARBA! El-SHaaravining zarbasidan so'ng raqib himoyachisi oyog'i bilan seyv qildi, burchak zarbasidan so'ng italiyalik hujumchi yana zarba berdi, yana himoyachilar darvozabon joniga oro kirdi.

22. Abraxamning chap oyoqda bergan zarbasi noaniq ketdi.

19. Endi Manchiniga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

18. "Roma"ning paslarida kamchiliklar kuzatilmoqda. Oddiy vaziyatda xatoga yo'l qo'yishdi rimliklar.

16. El-SHaaravining zarbasini mehmonlar mudofaasi qaytardi.

14. Veretuga nisbatan qo'pollik ishlatildi, unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

13. Norvegiyaliklar burchak zarbasi ishlab oldi, biroq mezbonlar uni osonlikcha bartaraf etishdi.

11. "Roma"ning tezkor gol urish rejasi chippakka chiqdi, hozircha rimliklar qulay vaziyat yaratishga intilishmoqda.

10. El-SHaaravi tomonidan Abraxamga uzatilgan to'p noaniq chiqdi.

9. Mxitaryan maydon markazida raqibiga qo'pollik ishlatdi.

7. Pressing natijasida mehmonlar xato qilishga majbur bo'ldi.

4. UXXX! Mehmonlar hisobni ochishiga bir bahya qoldi. Kombinaciya natijasida mehmonlar hujumchisi raqib jarima maydoniga yorib kirdi hamda zarba yo'lladi, Patrisiu to'pni amallab qaytardi.

2. Xavfli vaziyat! "Roma" markazdan hujumga uzatma amalga oshirdi, Zanolo to'pga etolmadi.

O'yin "Roma" futbolchisining yiqilishi bilan boshlandi.

1. Diqqat qilamiz, uchrashuv boshlandi.

Albatta, bugun bir futbolchining maydonga tushishini intiqlik bilan kutamiz. O'ylaymizki, u ertaroq stadionda ko'rinish beradi.

Turnir jadvali ayni damda quyidagicha ko'rinish olgan:

Ikkala jamoaning statistikasiga nazar solsak, yomon natijalarga ko'zimiz tushmaydi. "Roma" o'z maydonidagi so'nggi 8 bahsning ettitasida mag'lub bo'lmagan, "Bude-Glimt" esa oxirgi 18 o'yindan beri yutqazmay kelyapti. Qolaversa, jamoalar o'rtasida bo'lib o'tgan tragediyaning davomi ko'pchilikka qiziq.

Jamoalar o'rtasidagi so'nggi uchrashuv ko'pchilikning yodidan chiqmagan bo'lsa kerak. O'shanda "Bude-Glimt" "Roma"ni tavbasiga tayantirgandi. "Bo'rilar" bor alamini bugungi o'yindan olishga harakat qilishadi.

Assalomu alaykum, uyqu bilmas futbol ishqibozlari! Yaqin ikki soat davomida qiziqarli bahs guvohiga aylanamiz.

Reyting: -22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика