So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  3 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  5 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  10 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  18 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  14

Ehtiyot shart: Legioner - nozik masala Yangiliklar

Ehtiyot shart: Legioner - nozik masala

Davralar oralig'ida "Paxtakor" katta o'zgarishlarni amalga oshirdi.

Avvaliga klubda rahbariyat o'zgardi. "Paxtakor" yangi rahbar qo'l ostida birinchi navbatda SHota Arveladze boshchiligida yangi murabbiylar shtabini ishga taklif etdi. Gruziyalik murabbiy ishni jamoaga legioner futbolchilarni taklif etish bilan boshladi. Mana bugun "Paxtakor" o'z safiga to'rtinchi legionerni qo'shib oldi va keng jamoatchilikka tanishtiruv marosimini o'tkazdi. 

Albatta, klubdagi o'zgarishlar muxlislarni xursand qilmay qo'ymadi. Endilikda rahbariyat ham, jamoa ishqibozlari ham "Paxtakor"ning yangi murabbiyi va yangi futbolchilaridan ijobiy natija kutishga haqlilar. "Paxtakor" oldiga avvalo klubning oldingi mavqeini tiklash vazifasi qo'yilgan. Agar jamoa mavsum oxirida Osiyo chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kirita olsa, bu muxlislar eng katta sovg'a bo'ladi.

"Paxtakor"ning yozgi transferlari xususida ikki xil bildirish mumkin. Birinchisi, klub futbolchilar bir yildan ko'p muddatga shartnoma tuzgani kishini xursand qiladi. CHunki biz doim klublarni futbolchi bilan yarim yil yoki bir yilga shartnoma tuzishini tanqid qilib kelganmiz. Lekin ikkinchi masala shuki, agar yangi legionerlar jamoada o'ynab keta olmasa, unda nima bo'ladi? 

Yil boshida "Paxtakor" ikki legionerni PFL zayavkasidan o'tkazgandi. Ammo birinchi davradan keyin klub o'sha ikki futbolchidan ham voz kechdi. Aniqrog'i, bu o'yinchilar yangi murabbiy SHota Arveladzega to'g'ri kelmay qoldi. Natijada Yurica Bulyat Belarusiyaning "Bate" klubiga yo'l oldi, Adnan Oraxovac ikkinchi davrani Samarqandning "Dinamo" jamoasida o'tkazadigan bo'ldi. Arveladze esa ketganlar o'rnini boshqa legionerlar bilan to'ldirdi. 

SHu tariqa "Paxtakor" PFL reglamentiga amal qilgan holda to'rt nafar xorijlik bilan shartnoma tuzdi. Bular - Tiago Bezerra (Braziliya), Marko Simich (CHernogoriya), Gidi Kanyuk (Isroil) va Rostin Griffits (Avstraliya). Va bu futbolchilar bilan shunchaki mavsumning ikkinchi yarmi uchun shartnoma tuzilmadi. Uch futbolchi - Bezerra, Simich va Kanyuk bilan ikki yarim yillik shartnoma imzolangan bo'lsa, bugun tanishtirilgan Griffits bir yarim yilga shartnomaga qo'l qo'ydi. 

Agar bu futbolchilar yaxshi o'ynab shartnoma oxirigacha "Paxtakor"da qoladigan bo'lsa (buning uchun avvalo Arveladzening o'zi ham klubda qolishi kerak), bundan hammamiz xursand bo'lamiz va mana ishlasa bo'larkan-u deymiz. Lekin aksi bo'lib legionerlar o'zidan kutilgan o'yinni namoyish qila olmay, jamoaga kirishib ketmasa yoki o'zimizning mahalliy o'yinchilarga nisbatan past o'yin ko'rsatsa unda nima bo'ladi? 

Yani, aytmoqchi bo'lganimiz shu - legionerlarning birortasi bilan muddatidan oldin shartnomani bekor qilishga to'g'ri kelsa, hisob-kitob ishlari qanday amalga oshiriladi? To'g'ri, biz shartnomaning moliyaviy tomonlaridan bexabarmiz, lekin legionerlarning kam bo'lmagan mablag'ga imzo chekkanliklarinin anglab etish qiyin emas. Qolaversa, bu funbolchilarning kelishida SHota Arveladze asosiy rolni bajargan va ularning kuchli ekanligiga rahbariyatni ko'ndira olgan. 

Aytib o'tganimizdek, mabodo ushbu futbolchilar jamoada o'ynab keta olmasa, rahbariyat ularni o'ynab ketishi uchun ikki yarim yil kutmaydi va o'zaro kelishuvga ko'ra shartnomani buzishga to'g'ri keladi. Mana shu pallada legioner futbolchi shartnomam oxirigacha menga belgilangan pulni to'langlar, keyin ketaman deyishi mumkin. Masalaning shu tomoni keyinchalik biroz muammo keltirib chiqarishi mumkin. SHu bois ham oliy liganing boshqa klublari legionerlar bilan bir yillik shartnomani maqul ko'rmoqda. CHunki bizga kelayotgan xorijliklarning zo'r o'ynab ketishiga hech kim kafolat bera olmaydi. Bazan futbolchiga bizning chempionat yoqmay qolishi mumkin. Qolaversa, "SHo'rtan"da ro'y bergan "Urosh Miloslavlevich mojarosi" ko'plar uchun dars bo'ldi va shundan beri klublar aynan legionerlar (!) borasida juda ehtiyotkor harakat qiladigan bo'lib qolishdi.

"Paxtakor" tarkibiga qo'shilgan legionerlarni yosh deb bo'lmaydi. Masalan, Bezerra bilan Simich 30 yoshda, bugun ommaga tanishtrilgan Griffits 29 yoshga to'lgan bo'lsa, ular orasida eng yoshi Kanyuk (24 yosh) hisoblanadi. Futbolda albatta futbolchining yoshi ham muhim ahamiyat kasb etadi. SHu bois masalaning bu tomonlarini ham hisobga olgan maqul. So'nggi so'z o'rnida avvalo klubning yangi futbolchilariga omad tilaymiz va ular o'zidan kutilgan o'yinni namoyish qila olsa, bundan barcha xursand bo'ladi. Biz xohlardikki, "Paxtakor"ning yangi legionerlari ishqibozlar mehrini qozonib, shartnoma oxirigacha shu erda qolishsin, erta-indin ketamanga tushib qolib klubdagilarni noqulay ahvolga qo'yishmasa bo'lgani. 

X.Xoliqov. 


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика