Effenberg: "Myonxengladbaxning "Borussiya" klubi "Bavariya"ni yuta oladi"
24 okt 2014 14:26
Yangiliklar


Effenberg: "Myonxengladbaxning "Borussiya" klubi "Bavariya"ni yuta oladi"
"Bavariya"ning sobiq yarim himoyachisi SHtefan Effenberg Myonxengladbaxning "Borussiya" klubi va "Bavariya" o'yinidan oldin, bu uchrashuv haqida o'z fikrlari bildirdi.
"Bavariya" ustidan g'alaba qozonish uchun xohishning o'zi etarli emas. Ammo "Borussiya"ning hozirgi tarkibi myunxenliklarga munosib qarshilik ko'rsata oladi. Ular o'z muxlislari qarshisida raqibni mag'lub etishga qodir" - deydi Effenberg.
"Borussiya" va "Bavariya" o'rtasidagi bahs 26 oktyabrda myonxengladbaxliklarning maydonida bo'lib o'tadi.

Fikrlar