Eduar Mendi - yilning eng yaxshi darvozaboni!
17 jan 2022 23:26
Yangiliklar


Eduar Mendi - yilning eng yaxshi darvozaboni!
Ayni damda FIFA tomonidan yilning eng yaxshilarini aniqlash uchun "The Best" marosimi bo'lib o'tmoqda.
Unda "CHelsi" posboni Eduar Mendi yilning eng yaxshi darvozaboni sifatida qayd etildi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yilda Mendi jamoasi bilan ECHL sovrinini qo'lga kiritdi.
O'tgan yilda u 50 rasmiy o'yinda qatnashib, 29 marta quruq o'yin o'tkazdi va darvozasidan atigi 27 gol o'tkazib yubordi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar