Edson Arantis du Nasimentu yoxud “futbol qiroli” Pele o'zi kim edi?
30 dek 2022 15:05
Yangiliklar
Edson Arantis du Nasimentu yoxud “futbol qiroli” Pele o'zi kim edi?
Tarjimai hol
Pele, haqiqiy ismi Edson Arantis du Nasimentu, "Santos" va "Nyu-York Kosmos" klublarida o'ynagan afsonaviy braziliyalik futbolchi. U uch marotaba jahon chempioni bo'lganidan keyin 1950-60 yillardagi futbolchilar avlodining timsoliga aylandi. Hozirgacha bu rekord "buzilmagan". Futbol federaciyasi va Xalqaro olimpiya qo'mitasining talqiniga ko'ra, Pele XX asrning eng yaxshi sportchisi deb tan olingan. O'zining futbolchilik faoliyatida 1363 o'yinda 1289 ta gol urgan. Fantastika!
Bo'lajak dunyo futboli yulduzi 1940 yilda Braziliyaning Minas-Jerays shtatida joylashgan kichik Tres-Korasoyns shaharchasida tug'ilgan. Futbolchining oilasi qashshoqlikda yashagan va to'p bolalar uchun mavjud bo'lgan yagona o'yin-kulgi predmeti bo'lgan. Bolakayning otasi Dondino ham mahoratli futbolchi edi va futbolning asosiy unsurlarini o'g'liga namoyish etib berardi.
Edson etti yoshga to'lganda mahalliy bolalar jamoasining asosiy jamoasiga qabul qilindi. U aynan o'sha paytlarda mashhur Pele laqabini olgan, ammo bugungi kunda futbolchi bu laqab nima uchun unga berliganini va qanday manoni anglatishini eslay olmaydi.
Kichik bo'yli o'yinchining tezligini ko'rgan murabbiy darhol Peleni hujum chizig'iga qo'ydi. Bir necha yil o'tgach, jamoani Braziliya terma jamoasining sobiq o'yinchisi Valdemar de Brito boshqargan. Aynan u San-Pauluning mashhur klubi "Santos" murabbiylariga iqtidorli o'spirin haqida gapirib bergan. Tez orada Pele o'zining birinchi professional shartnomasini imzoladi va 15 yoshida asosiy jamoada debyut qildi.
Futbol
Pele professional futbolchi sifatidagi ilk o'yinini 1956 yil sentyabr oyida, yani to'liq bo'lmagan 16 yoshida o'tkazdi. Pele Braziliya futbolining grand jamoasi "Korintians"ga qarshi maydonga tushdi va darhol gol urdi. Fenomenal o'yinchi "Santos" uchun 19 yil davomida hakrakatlanib, qariyb 650 ta gol urgan. Bunday samaradorlik Pelega 11 marotaba chempion bo'lish, 6 marta kubok yutishga yordam berdi.
Pele "Santos"dan keyin Amerikaning "Nyu-York Kosmos" klubiga o'tdi. Ushbu transfer bilan Pele dunyoni lol qoldirdi, chunki Evropa futboli o'sha paytda AQSHda mashhur bo'lmagan. Ammo Qirol o'z o'yini bilan muxlislarni stadionlarga jalb qila olgan. Statistikaga ko'ra, braziliyalik hujumchining Amerikadagi faoliyati davomida o'yinlarga muxlislarning tashrif buyurishi naqd 10 baravarga oshgan.
Mutaxassislar Pele fenomenini tahlil qilishga bir necha bor urinib ko'rishgan. Tadqiqotlar natijasi shuni ko'rsatganki, futbolchi g'ayrioddiy jismoniy xususiyatlarga ega va unda natijaga erishish uchun aql bovar qilmaydigan istak bor. Olimlar futbolchining tug'ma istedodiga shubha qilishmadi.
Alohida takidlash kerakki, Pele jamoadoshlari uyga ketganidan keyin ham bir necha soat davomida to'p bilan ishlash texnikasi va o'z zarbalari ustida ishlagan.
O'sha davrlar muhiti inobatga olib qaralsa, Pele ko'rsatayotgan texnika sensacion holat edi. Futbolchi raqib o'yinchilarining yarmini aldab o'tish bilan birgalikda darvoza burchagini aniq nishonga olardi. Pele bunday gollarni bir necha marotaba urgan, aynan shunday dribling orqali "Flumininense" darvozasiga yo'l topgan. Bu gol esa asrning eng yaxshi goli deya tan olingan. "Marakana" stadionida hatto ushbu vaziyat sharafiga yodgorlik haykali o'rnatilgan. Pelening faoliyati davomida "Santos", "Kosmos" va Braziliya terma jamoasi safida urgan gollari minglik dovondan o'tib ketgan.
Futboldan keyin
Sportchining mashhurligi shu darajada ediki, hatto sportchi "Men Peleman" nomli avtobiografik kitobini yozib nashr etgach, o'qiy olmagan vatandoshlari kitob bilan tanishish uchun savodxon bo'lishga intildilar va o'qib-o'rganishni boshlashdi.
Braziliya hukumati futbolchining obro'sidan foydalanishga qaror qildi va 90-yillarda Pele yoshlar, turizm va sport vaziri lavozimiga tayinlandi. Pele endi futbolga oid qonunni targ'ib qilishga muvaffaq bo'ldi, buning natijasida Braziliya futbolida korrupciya kamaydi. SHuningdek, u sport, sog'lom turmush tarzini ommalashtirish va rivojlantirish uchun ko'p kuch hamda mablag' sarfladi.
Edson tadbirkor sifatida shakllanib bordi. Masalan, uning "Cafe Pele" mashhur kofe brendi butun dunyoga tanilgan. Bundan tashqari, Pele bir necha bor televizion sharhlovchi, teleboshlovchi bo'lib ishlagan va hattoki mualliflik qo'shiqlar ijrochisi sanaladi. Pele aktyorlik faoliyatidan so'ng yanada mashhurlikka erishgan.
Filmlar
50 dan ortiq kartinalarda Pele o'zini rolini o'zi o'ynagan. Masalan, "Darbadarlar va futbol qiroli" nomli komediya, "G'alaba narxi" sport dramasi. Yana Pele professional aktyor sifatida rol ijro etgan o'nga yaqin filmlar mavjud. SHulardan “Harakatga keltirish” melodramasi, “CHo'ntaklar” jinoiy dramasi, “Kichik mo'jiza” oilaviy kartinasi, “G'alaba” nomli harbiy filmi kabilar alohida ajralib turadi.
Mashhur o'yinchining bolaligi va yoshligi haqida hikoya qiluvchi "Pele: Afsonaning tug'ilishi" biografik loyihasi ham juda muvaffaqiyatli kechdi. Ushbu film 2016 yil bahorida ekranlarga chiqdi. 2016 yilda Pele o'zining Olimpiya o'yinlariga bag'ishlangan "Umid" qo'shig'ini taqdim etdi. Ushbu o'yinlar Rio-de-Janeyroda bo'lib o'tdi va Janubiy Amerikada o'tkazilgan birinchi Olimpiada bo'lib tarixga kirdi.
"Umid" - bu mashhur sportchining yagona qo'shig'i emas. Pele uzoq vaqtdan beri musiqaga qiziqadi, qo'shiqlar yozadi va hatto qo'shiqchi Elis Rejinaning albomini yaratish ustida ish olib bordi.
Erishgan yutuq va mukofotlari:
1957, 1963 yil - "Rok kubogi" g'olibi (Braziliya terma jamoasi tarkibida)
1958, 1962, 1970 yil - jahon chempioni (Braziliya terma jamoasi)
1958, 1960, 1961, 1962, 1964, 1965, 1967, 1968, 1969, 1973 yil - Paulista ligasi chempioni ("Santos" tarkibida)
1959, 1963, 1964, 1966 yil - Rio-San-Paulu turniri g'olibi ("Santos")
1961, 1962, 1963, 1964, 1965 yil - Braziliya kubogi ("Santos")
1962, 1963 yil - Libertadores kubogi g'olibi ("Santos")
1962.1963 yil - Qitalararo kubok egasi ("Santos")
1968 yil - Roberto kubogi g'olibi ("Santos")
1968 yil - Qitalararo chempionlar kubogi g'olibi ("Santos")
1977 yil - SHimoliy Amerika futbol ligasi chempioni ("Nyu-York Kosmos")
1995 yil - Braziliya sport vaziri
1999 yil - XOQ talqini bo'yicha asr sportchisi
2000 yil - XX asrning eng yaxshi futbolchisi
2014 yil - FIFAning "Oltin to'p" faxriy mukofoti.
SHerzod Nurmatov tayyorladi.
Fikrlar