Edita Mirobidova Myanma - Bangladesh uchrashuvida ishlaydi
01 mar 2019 14:52
Yangiliklar


Edita Mirobidova Myanma - Bangladesh uchrashuvida ishlaydi
Avvalroq, o'zbekistonlik ayol hakamlar U-16 Osiyo chempionati saralash bahslarini boshqarish uchun taklif etilgani haqida xabar berib o'tgandik.
Jumladan, Edita Mirobidova va Kristina Sereda Xitoy - Mnyama uchrashuvini boshqarib borishdi.
Bugun 1 mart kuni hamyurtimiz Edita Mirobidova "B" guruhidan o'rin olgan Myanma - Bangladesh uchrashuvida zaxira hakami sifatida ishlaydi. Uchrashuv Yangon shahridagi «Mandalar Thiri» stadionida Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.
U-16 Osiyo chempionati saralash bahslari 6 martga qadar davom etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar