Edin Jeko: "Tan olaman "Roma" o'yinga kirisha olmadi"
07 avg 2020 08:40
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/585302_original.jpg)
![](/upload/storage/585302_220.jpg)
Edin Jeko: "Tan olaman "Roma" o'yinga kirisha olmadi"
"Roma" hujumchisi Edin Jeko "Sevilya"ga qarshi uchrashuvdan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Barchasi yaxshi ketayotgan edi. Lekin, biz hech qachon o'yinga bu qadar yondashmagandik. Ular bizni har tomonlama mag'lub etishdi. O'yinga kirisha olmadik. Nimadir etishmadi. Barchamiz o'zimizga savol berishimiz kerak. Men ham, boshqalar ham tushkunlikka tushdi. Boisi, o'yinimiz chiqmadi. Uchrashuv davomida tashabbus raqib tomonida bo'ldi. Biz haqiqatdan ham o'yinga kirisha olmadik. SHu narsa meni hafa qildi",- deydi Jeko.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar