Edgar Gess: “Navoiyda futbolni juda qadrlashadi va sevishadi”
26 may 2014 15:44
Yangiliklar
Edgar Gess: “Navoiyda futbolni juda qadrlashadi va sevishadi”
“Qizilqum” - “Buxoro” uchrashuvi nihoyasiga etgach, matbuot anjumani birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Edgar GESS ishtirok etdi.
- Muxlislar shiddatli va kurashlarga boy futbol guvohi bo'ldi, desam xato qilmayman, - dedi Edgar Yakovlevich. - Birinchi bo'limda futbolchilarimiz nafaqat kuchli raqibga, balki shamolga qarshi ham to'p surishdi. “Qizilqum” ancha shakllangan, tajribali o'yinchilarga ega jamoa. SHu bois, biz asosiy etiborni himoyani mustahkam ushlagan holda qarshi hujum taktikasiga tayanib o'ynadik. Menimcha, natija yomon bo'lmadi. SHogirdlarim ko'rsatmalarimni bexato bajarishga harakat qilganidan xursandman.
Jamoada ko'proq mahalliy yosh o'yinchilarga imkoniyat berishga ahamiyat beryapmiz. Tarkibda raqobatning borligi “Buxoro”ning turdan turga o'yini ochilib borishiga hissa qo'shyapti. SHu bois, bugun Suhrob Nematovni zaxiradan maydonga tushirdim. Bahriddin Vahobovning jiddiy jarohatdan so'ng, tezroq sog'ayib safga qo'shilgani ham ayni muddao bo'ldi. U bugun zimmasiga yuklatilgan vazifani uddaladi.
Navoiyda ilgari ishlaganman. Uzoq tanaffusdan keyin bu go'zal shaharga yana tashrif buyurdim. Tanishlarim va do'stlarim juda ko'p bu erda. SHahardagi o'zgarishlarni ko'rib ochig'i, mamnun bo'ldim. Ayniqsa, chiroyli va ko'rkam stadion, unda futbolchilarga yaratilgan shart-sharoitlarni ko'rib zavqlandim. Navoiyda futbolni juda qadrlashadi va sevishadi. Bunday sharoitda ishlashni har bir mutaxassis faqat orzu qiladi.

Fikrlar