Edgar Gess: "Men 10 yil ham maoshsiz ishlay olaman"
20 mar 2015 18:38
Yangiliklar

Edgar Gess: "Men 10 yil ham maoshsiz ishlay olaman"
"Andijon" bosh murabbiyi Edgar Gess "Mashal"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"O'yin menga juda yoqdi. Ikkinchi bo'limdagi o'yinimiz menga yoqdi. Ikkita gol o'tkazganimiz alam qildi. Etiborsilik tufayli tezkor ikkita gol qo'yib yubordik. "Mashal" yaxshi jamoa. "Andijon"da 3 oydan buyon maosh olishmayapti. Tarkibga kelayotgan futbolchilar Gessning gapiga ishonib kelmoqda. Javlon Guseynov, Umrillo Ramazonov kabi futbolchilar so'nggi lahzada tarkibga qo'shib olindi. Bu o'yinchilar majburlikdan maydonga tushirildi. "Mashal" anchadan buyon bir tarkib bilan o'ynab kelmoqda, bizda esa har yili yangi tarkib bo'ladi", - deydi Edgar Gess.
- Oylik maoshlari 3 oydan buyon olmayapsiz dedingiz. Rahbariyat qachon bu muammoni hal qiladi?
- Bilmayman. Rahbariyat birinchi kundan buyon menga vada berishmoqda. Lekin hokimiyatga hech qanday etiroz yo'q.
- SHaxsan siz nechchi oy maoshsiz ishlay olasiz?
- Men 10 yil ham maoshsiz ishlashga tayyorman.
- Jamoa Qarshida ham, Muborakda ham ikkinchi bo'limda yaxshi o'ynadi. Bunga nima sabab?
- Sababi "Nasaf" OCHLda o'yinlar o'tkazdi. Biz esa ilk uchrashuvni o'tkazdik. Bugun ham safarda o'ynadik.
Narzulla Saydullaev

Fikrlar