So’nggi yangiliklar

23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  0 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  13 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  1 21:16"Манчестер Сити" — "Челси". Таркиблар маълум  18 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  5 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  16 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1

Edgar Gess: "Lokomotiv" haqli g'alabaga erishdi" Yangiliklar

Edgar Gess: "Lokomotiv" haqli g'alabaga erishdi"

"Lokomotiv" va "Andijon" o'rtasidagi bahs yakuniga etgach, odatga ko'ra matbuot anjumani tashkil qilindi. Bunda dastlab mehmonlar ustozi Edgar Gess ishtirok etdi.
O'yin haqida - "Lokomotiv" - kuchli jamoa, raqib tarkibida bir qator mahoratli futbolchilar bor. Ular bugun shuning evaziga zafar quchishdi. Biz ikkinchi raqamli jamoa bo'lib o'ynashni maqsad qilgandik va shunday bo'ldi ham. Gol urish uchun imkoniyatlar bo'ldi, lekin buning uddasidan chiqa olmadik. Men jamoamning o'yinidan qoniqdim. Ammo "Lokomotiv" haqli g'alabaga erishdi deya olaman.
Iqbol Akramov haqida - Iqbol Akramov bir nechta uchrashuvni o'tkazib yubordi. Hozir uning holati yaxshi. Uni ikkinchi taymda maydonga tushirdim va tezda o'yinga qovushib ketdi. Akramov hali yaxshi o'ynab ketadi.
Milliy chempionat haqida - Bu yil oliy ligamiz saviyasi oshdi. O'yinlar qiziq kechmoqda. "Andijon" jamoasi haqida - Afsuski, biz oxirgi o'rinlarda boryapmiz. Hozircha besh ochko yig'a oldik, xolos. Bizda yangi jamoa shakllanyapti. Safarda oltita, o'z maydonimizda esa atigi ikkita o'yinda maydonga tushdik. Bu ham tasir qilyapti. Lekin futbolchilar ishlamoqda va bu qachondir o'z mevasini beradi. Oldimizga qo'yilgan maqsad, oliy ligadan tushib ketmaslik va buni uddalay olamiz.
Yoshlarga etibor haqida - Yoshlarni kuzatib kelyapmiz. O'rinbosarlar jamoasi bilan Sergey Kovshov ishlayapti. Andijondagi futbol maktabi ham nazoratimiz ostida.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика