Ederson: "Braziliya darvozasi uchun kurashda Alisson mendan bir qadam oldinda"
10 okt 2018 13:10
Yangiliklar
Ederson: "Braziliya darvozasi uchun kurashda Alisson mendan bir qadam oldinda"
"Manchester Siti" va Braziliya terma jamoasi darvozaboni Ederson Moraes o'zini "Liverpul" posboni Alisson Beker bilan solishtirdi.
"O'xshash tomonlarimiz ko'p, u ham Angliyadagi birinchi mavsumini juda yaxshi boshladi. Darvozabonning ishi og'ir, chunki maydonga faqat bitta posbon bo'ladi, biroq ikkimiz ham Premer-ligada yaxshi harakat qilyapmiz. Alisson mendan bir qadam oldinda, u jahon chempionatida o'ynadi, biroq bu men uchun kamroq ishlashga sabab bo'la olmaydi.
Braziliyada yaxshi darvozabonlar ko'p. Ularning aksariyati jahon chempionatiga borishmadi, ammo o'zini yaxshi ko'rsatishmoqda. Kecha mashg'ulotdan so'ng Tite bizni chaqirib oldi. U birinchi bahsda men o'ynashimni, Alisson esa ikkinchisida maydonga tushishini aytdi. Men baxtliman" - deydi Ederson.
Fikrlar