

"Temiryo'lchilar" rahbariyati 33 yoshli portugaliyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas, deya xabar tarqatdi Sport24.
Eder "Lokomotiv" tarkibiga 2018 yilda qo'shilgan edi. U jamoa uchun 113 o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urishga ulgurgan.
Eslatib o'tamiz, ushbu futbolchi Portugaliya terma jamoasi bilan 2016 yilgi Yevropa chempionatida g'olib bo'lgan edi. Fransiyaga qarshi final o'yinida g'alaba golini aynan Eder urgan edi.




