Eden Azar: "Sarri bilan birorta sovrin yutmoqchiman"
09 okt 2018 16:46
Yangiliklar
Eden Azar: "Sarri bilan birorta sovrin yutmoqchiman"
"CHelsi" yarim himoyachisi Eden Azar jamoa yangi bosh murabbiyi Mauricio Sarri qo'l ostida sovrin yutmoqchi ekanligini malum qildi.
"Sarri ajoyib murabbiy. Futbol o'ynashni boshlasang, buni aynan shunday mutaxassislar qo'l ostida bajarishni istaysan. U jamoaga men o'ynashni istagan uslubni bermoqchi. Sarri bilan birorta sovrin yutmoqchiman. Mavsum yakunlanganidan keyin ko'ramiz, nima bo'lar ekan. Ammo hozircha joriy mavsum haqida o'ylayapman" - deydi Azar.
Oldinroq, Azar "Real"da o'ynashni orzu qilishi haqida aytgan edi.
Fikrlar