Eden Azar: "Messi va Ronaldu kabi super yulduz bo'lmoqchiman"
08 fev 2014 11:17
Yangiliklar

Eden Azar: "Messi va Ronaldu kabi super yulduz bo'lmoqchiman"
"CHelsi" safida ajoyib o'yin ko'rsatib, ko'plab futbol ihlosmandlari ko'nglidan joy olayotgan futbolchilardan biri belgiyalik Eden Azar sanaladi.
23 yoshli iqtidor egasi kelajakda jahon darajasidagi yulduz bo'lishni istashini va Messi, Ronaldu kabi xurmatga erishish niyatida ekanini aytib o'tdi.
"Messi va Ronaldu jahondagi eng zo'r futbolchilar. Ularni hamma xurmat qiladi va o'yinlarini sevib tomosha qiladi. Men ham o'z ustimda ko'proq ishlab, ushu ikki futbolchilar darajasiga etmoqchiman. Bu shunchaki orzu emas. Men oldimga qandaydir maqsad qo'ysam, har doim o'sha maqsadimga erishaman. Jahonning eng yaxshi futbolchisi bo'lishga axd qildim. Ammo shuni ham yaxshi tushunamanki, bu oson emas. Ushbu niyatimga etishim uchun qattiq mehnat qilishimga to'g'ri keladi. Lekin men mehnatdan cho'chimayman. Ishonamanki, yaqin yillar ichida jahonning eng zo'rlari qatorida bo'laman", - dedi belgiyalik futbolchi.
Azar ushbu niyatiga etish yo'lida asta-sekin olg'a qadam tashlab bormoqda. Futbolchi "aristokratlar" safida Premer-ligada 24 ta o'yin o'tkazib 9 ta to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. Ammo u bundan-da ko'prog'ini istamoqda. Ko'ramiz, uning dunyodagi eng yaxshi futbolchi bo'lish niyati amalga osharmikan…

Fikrlar