Eden Azar: "CHelsi" chempionlikni nishonlashga deyarli tayyor!"
13 apr 2015 03:09
Yangiliklar


Eden Azar: "CHelsi" chempionlikni nishonlashga deyarli tayyor!"
"CHelsi" vingeri Eden Azar 32-tur "KPR"ga qarshi uchrashuvdan (1:0) so'ng, jamoa chempionatdagi g'alabani nishonlashga shaylanayotganini yashirib o'tirmadi.
Lekin, uning so'zlariga qaraganda oldinda qilinishi kerak bo'lgan hali ko'p ish bor.
"CHelsi" hisobida 73 ochko bilan, Angliyada karvonboshilik qilib turibdi.
"CHelsi" hisobida 73 ochko bilan, Angliyada karvonboshilik qilib turibdi.
– Biz chempionlikni nishonlashni boshlashga deyarli tayyormiz, – deydi futbolchi goal.com
nashriga.
– Ammo ish hali bitganicha yo'q. Oldinda bizni muhim o'yinlar kutib turibdi. "Arsenal" va "Manchester Yunayted" bilan uchrashuv oson bo'lmasligi aniq. Ularning birida g'alaba qozonsak, hammasi joyida bo'ladi. Biz titulga juda yaqinmiz, biroq qilinishi zarur bo'lgan ishlarimiz ham etarli.

Fikrlar