Eden Azar APLning eng yaxshi futbolchilarini aytdi
05 okt 2018 23:53
Yangiliklar
Eden Azar APLning eng yaxshi futbolchilarini aytdi
“CHelsi” yarim himoyachisi Eden Azar joriy mavsumda ajoyib o'yin ko'rsatmoqda.
“ Ko'p gol urgan futbolchi eng yaxshilar qatorida bo'lishi borasida kimdir rozi, yana kimlardir norizo bo'lishi tabiiy hol. Ayni paytda men yomon o'yin ko'rsatayotganim yo'q. Meni yaxshi futbolchi sifatida ko'rsatishadimi, yo'qmi, buni menga qizig'i yo'q.
Premer ligada top futbolchilar ko'pchilik. Aguero shulardan biri. De Bryuyne ayni paytda jarohatda, ammo u ham eng yaxshilardan. Saloh o'tgan mavsum eng yaxshi bo'lgandi. Jamoadoshim Ngolo Kanteni ham ushbu ruyxatga bemalol qo'shish mumkin”, deydi Azar.
Belgiyalik futbolchi joriy mavsumda Angliya chempionatida 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va ikkita golga asisstentlik qildi.
O’xshash yangiliklar
09:15
O'rtoqlik uchrashuvi. "Manchester Siti" - "CHelsi" 4:2, Gollarning uchtasini Holland "mixladi" 1
Fikrlar