Eden Azar: "Angliya chempionati - dunyodagi eng zo'r liga"
23 dek 2014 00:02
Yangiliklar


Eden Azar: "Angliya chempionati - dunyodagi eng zo'r liga"
Londonning "CHelsi" jamoasi etakchisi Eden Azar Angliya chempionati reytingi juda yuqori ekanligini takidlab o'tdi.
Angliya bu futbol mamlakati. Men "Lill"da o'ynaganimda, muxlislar jamoamizni juda qattiq qo'llab-quvvatlab turishardi va biz kerakli natijalarni qayd etardik. Belgiya terma jamoasi to'g'risida ham shu narsani aytishim mumkin. Lekin Angliya bu Angliya. Bu joy futbol olamidagi eng yaxshisi. Bu erda oddiy o'yinlar bo'lmaydi. Agarda sen kerakligicha uchrashuvga tayyorgarlik ko'rmagan bo'lsang, unda g'alaba haqida unutishing mumkin. APL - dunyodagi eng qiyin chempionat. Angliyada istalgan klubni har qanday jamoa mag'lubiyatga uchratishi mumkin. Angliya chempionati Franciyanikidan ajralib turadi. Tumanli Albionda odamlar futbol bilan nafas olishadi. Ular stadionga shunchaki futbol tomosha qilish uchun tushishadi. Masalan "Stemford Brij" har doim muxlislar bilan to'lib toshadi. Ishqibozlar bizni hech qachon yolg'izlatib qo'yishmaydi. Safar o'yinlarida ham.

Fikrlar