Edegor: “Zidanning “Real”ga qaytgani ajoyib yangilik”
20 mar 2019 21:29
Yangiliklar


Edegor: “Zidanning “Real”ga qaytgani ajoyib yangilik”
“Vitess” tarkibida ijara asosida to'p tepayotgan “Real” yarim himoyachisi Martin Edegor Zidanning qirollik klubi bosh murabbiyligiga qaytganligiga o'z munosabatini bildirib o'tdi.
“O'ylashimcha, bu juda yaxshi yangilik. Ilgari u klub bilan ulkan muvaffaqiyatlarga erishgan va “Real” futbolchilarini juda yaxshi biladi. Zidan “Kastilo”ni boshqargan vaqtidan buyon u bilan yaxshi munosabatdamiz. Uning “Real”ga qaytishi juda yaxshi holat”, deya futbolchining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Football Espana.
Edegor 2018 yilda “Vitess”ga ijaraga berilgandi. Joriy mavsumda norvegiyalik futbolchi joriy mavsumda Gollandiya chempionatida 23 ta bellashuvda maydonga chiqib, 5 ta gol urdi va 6 ta golga assistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar