Edegor: “Real”da asosiy tarkibda maydonga tushishga umid qilgandim
15 noy 2018 19:59
Yangiliklar


Edegor: “Real”da asosiy tarkibda maydonga tushishga umid qilgandim
“Real”ning norvegiyalik yarim himoyachisi, ayni paytda ijara asosida Gollandiyaning “Vitess” klubida to'p tepayotgan Martin Edegor hali hamon qirollik klubida to'p tepish niyatida ekanligini aytdi.
“Mavsum avvalida men “Real” asosiy tarkibidan joy olishga umid qilgandim. Mavsum oldidan o'tkazilgan bir qator bellashuvlarda maydonga tushdim, ammo meni boshqa jamoaga ijaraga berishga qaror qilishdi. Bunday qarorlarni qabul qilish osonmas.
Ammo men kamtar bo'lishim lozim. Oldimda og'ir va uzoq yo'l turibdi. Tinimsiz mehnat qilib, tajribamni oshirib, o'yinimni kuchaytirishim lozim.
Men o'z o'yinimni yaxshilashim lozim. SHu bois ham “Real” bilan shartnomamni uzaytirdim va buni klubni menga bulgan ishonchi deb qabul qildim”, deydi futbolchi.
Joriy mavsumda 19 yoshli futbolchi “Vitess” safida 9 ta uchrashuvda maydonga tushib 1 marta darvozani ishg'ol etdi va bir bor jamoadoshlarining goliga hammualliflik qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar