Edegor: “Arsenal” to'xtab qoldi”
07 dek 2021 07:30
Yangiliklar
Edegor: “Arsenal” to'xtab qoldi”
APL 15-turi doirasida o'tgan “Everton” – “Arsenal” (2:1) uchrashuvidan keyin londonliklar azosi Martin Edegor o'z fikrlarini aytdi.
“Buni qabul qilish qiyin. Umuman olganda bugun o'z darajamizda o'ynolmadik deb hisoblayman. Bizda qulay vaziyatlar bo'ldi, ammo bundan yaxshiroq o'ynashimiz lozim.
Aynan nima bo'lganini tushuntirish qiyin. Hisobda oldinda borayotgan vaqtimizda yaxshiroq harakat qilishimiz lozim. Biz to'xtab qoldik va raqibga o'zlari xohlagandek o'ynashiga imkon yaratdik.
Menimcha, bu psixologik muammo. 1:0 hisobida oldinda borayotganingda, ustunlikni qo'ldan boy berishdan qo'rqasan va bu bizning bugungi xatomiz deb o'ylayman”, deydi Edegor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar