Ed Vudvord: "Ikkinchi o'rin muvaffaqiyat emas, MYU APLni yutishi kerak"
22 okt 2019 16:11
Yangiliklar


Ed Vudvord: "Ikkinchi o'rin muvaffaqiyat emas, MYU APLni yutishi kerak"
"Manchester Yunayted" ijrochi direktori Ed Vudvord klubning maqsadi haqida gapirdi.
"Biz Premer-ligani yutishimiz kerak. Men APLni huddi katta test kabi ko'raman. CHLdan o'z baxtingizni qidirib ko'rishingiz mumkin, buning uchun sizga omad zarur, ammo APLda faqat g'alaba kerak.
Maydonda muvaffaqiyatga erishish uchun biz bozorda muvaffaqiyatli harakat qilishimiz lozim. Ikkinchi o'rin muvaffaqiyat emas, biz g'alaba qozonishimiz kerak.
Ayni damda klub haqida bo'layotgan har xil gap-so'zlarga qaramasdan, men ligadagi g'alabaga qaytish uchun to'g'ri yo'ldan ketayotganimizni his qilyapman. Sabr qilamiz", - deydi Vudvord.
Eslatib o'tamiz, MYU APLdagi 9 turdan so'ng jadvalning 14-o'rnini band etib turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar