So’nggi yangiliklar

02:11ЕЧЛ саралаши. "Қайрат" сўнгги босқичнинг илк баҳсида "Селтик" билан дуранг ўйнади. Барчаси Олмаотада ҳал бўлади  0 01:13Шоҳмалик Комилов: "Бугун қийин бўлишини билардик. "Шўртан" - футбол ўйнайдиган жамоа"  3 00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  1 00:19U-21 биринчилиги. "Пахтакор"дан 8:0, "Машъал"дан камбэк, пешқадам "Навбаҳор"дан ғалаба ва бошқа натижалар  0 23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  9 23:45Иван Бошкович: "Биз охиригача курашадиган жамоамиз"  5 23:40Суперлига. "Шўртан" – "Навбаҳор" 3:3  0 23:21"Динамо" Танташевнинг Жиззахдаги қарорлари бўйича расмий эътироз киритди  19 23:11Дониёр Нарзуллаев: "Бироз омадимиз келмади. Голларимни фарзандларимга бағишлайман"  0 22:36Элдор Мойлиев: "Қийналиб тўп киритамиз, кейин эса оддий гол ўтказамиз"  3 22:11Сергей Лушчан: "Қўлни туширмасдан ишлашда давом этамиз, олдинда Кубок ўйини кутяпти"  9 22:06Суперлига. "Сўғдиёна" "Динамо"га қарши ўйинда 102-дақиқада урилган гол эвазига мағлубиятдан қутулиб қолди   104 21:38Суарес фаолиятини Месси билан бирга якунламоқчи  3 20:55Суперлига. Ғузорда дарвозаларга 6 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  72 20:47"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттиради  5

ECHLning yangi formati tasdiqlandi: anaviy guruh bosqichi o'tmishga aylandi, qurani maxsus kompyuter o'tkazadi Yangiliklar

ECHLning yangi formati tasdiqlandi: anaviy guruh bosqichi o'tmishga aylandi, qurani maxsus kompyuter o'tkazadi

UEFA 2024-2025 yilgi ECHL musobaqasiga yangi formatda qura tashlanishini malum qildi.

UEFA rasman Evrokuboklarning yangi formatini elon qildi. Yangi mavsum uchun qura tashlash jarayoni maxsus kompyuter yordamida amalga oshiriladi. Bu marosim 29-30 avgust kuni o'tkaziladi.

2024-2025 yilgi mavsumdan ECHL musobaqasida 36 ta klub ishtirok etadi. Biz o'rganib qolgan guruh bosqichiga yakun yasaladi. Yangi formatga ko'ra musobaqa "liga" bosqichidan boshlanadi (avvalgi guruh bosqichi o'rniga). "Liga" bosqichida har bir jamoa sakkizta raqibga qarshi bittadan o'yin (8 ta tur) o'tkazadi.  ECHLning yangi formatiga qura tashlash marosimi esa quyidagi ko'rinishda o'tkaziladi:

36 ta klub to'rtta savatchaga bo'linadi (9 ta jamoadan). Savatlarga bo'linish UEFA ning klublar reytingiga qarab aniqlanadi. Bir jamoa har bir safatchadan ikkitadan raqibga to'qnash keladi.  Bitta savatdan bo'lgan raqiblarga qarshi ikkita uchrashuvning biri uy, boshqasi safarda o'tkaziladi.  Masalan, "Bavariya" birinchi savatdan "Real" va "Siti"ga raqib bo'lsa, bitta o'yin Myunxenda, ikkinchi o'yin raqibning uyida o'tkaziladi.

Bu bosqichda jamoalar o'z mamlakatlaridan bo'lgan klublarga qarshi to'qnash kelmaydilar. Bir mamlakatdan bo'lgan raqiblar ham ko'pi bilan ikkita bo'lishi mumkin. Masalan, shartli ravishda "Real Madrid"ga qarshi maksimum ikkita ingliz klubi to'qnash kelishi mumkin. 

ECHLning yangi formati yangi qura mexanizmini talab qiladi. Yuqoridagi jarayonni qo'lda o'tkazish uchun 1000 ta sharcha va 36 ta savat kerak bo'lardi. Buning esa tabiiyki iloji yo'q. 

Yangi qura mexanizmiga ko'ra, 36 ta jamoa 36 ta sharchaga joylanadi. Har bir tanlangan sharcha ichidagi klubga maxsus kompyuter 8 ta raqibni aniqlab beradi. Zamonaviy texnologiya uy va safar o'yinlarini ham o'zi belgilab beradi.

Qura birinchi savatdan (kuchliroq klublar) boshlanadi. Birinchi savatchadagi 9 ta kuchliroq klub o'zining sakkiz nafar raqibini birinchi bo'lib bilib oladi. Maxsus kompyuter bir necha kriteriyalarni taminlaydi:

1. Dasturiy taminot qura to'liq tasodifiy ravishda o'tishini kafolatlaydi.

2. Kompyuter qura qoidalariga to'liq amal qiladi (bitta davlat vakilini o'zaro to'qnashmasligi, bir mamlakatdan ko'pi bilan ikkita raqib)

3. Qura boshi berk ko'chaga kirib qolmaydi. 

Jamoalar qura natijalarini marosim yakunida bilib olishadi. Biroq, o'yinlar sanasi va boshlanish vaqti taqvimdagi muammolarni oldini olish maqsadida 31 avgust kuni elon qilinadi.

Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика