ECHLdan keyin, Evropa ligasida ham haftaning eng yaxshisi aniqlandi
08 mar 2019 22:42
Yangiliklar


ECHLdan keyin, Evropa ligasida ham haftaning eng yaxshisi aniqlandi
“Valensiya” hujumchisi Rodrigo Moreno Evropa ligasining hafta futbolchisi deya tan olindi.
28 yoshli futbolchi musobaqaning 1/8 final birinchi bahsida “Krasnodar” darvozasiga 2ta gol urib, jamoasiga 2:1 hisobidagi g'alabani taqdim etgandi.
Ovoz berish natijalariga ko'ra Moreno germaniyalik posbon Kevin Trapp (“Ayntraxt”), Pedro (“CHelsi”) va Ismaila Sarrni (“Renn”) ortda qoldirgan.
Eslatib o'tamiz, “Krasnodar” hamda “Valensiya” o'rtasidagi javob o'yini 14 mart kuni Toshkent vaqti bilan 22:55da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar