ECHLda guruh bosqichiga chiqqan jamoalar kamida 12.7 mln evrodan oladi, chempion esa 15.5 million
16 avg 2017 16:25
Yangiliklar


ECHLda guruh bosqichiga chiqqan jamoalar kamida 12.7 mln evrodan oladi, chempion esa 15.5 million
UEFA CHempionlar ligasi 2017-2018 yilgi mavsumida ishtirokchilar jami 1.3 milliard evrodan ko'proq pul mukofotlari olishadi.
ECHL-2017/2018ning guruh bosqichiga chiqqan jamoalar kamida 12.7 millon evrodan olishadi. Guruhdagi har bir g'alaba qo'shimcha 1.5 mln evro, durang esa 500 ming keltiradi.
Jamoalar 1/8 finalga chiqqanlari uchun 6 mlndan, 1/4 final uchun 6.5 mlndan, 1/2 final uchun esa 7.5 mln evrodan olishadi.
CHempionlar ligasi finalchisi 11 mln, g'olib esa 15.5 million evro mukofot puli oladi. Bunday holatda klub maksimum 57.2 million evro ishlab olishi mumkin (Guruhga saralash bosqichidagi ishtirokdan tashqari).
UEFA Superkubogi g'olibi 4 mln, unda mag'lub bo'lgan klub esa 3 mln evro oladi.
O’xshash yangiliklar
20:00
UEFA Millatlar ligasi. Franciya uchinchi o'rin uchun bahsda Germaniyani mag'lubiyatga uchratdi 31

Fikrlar