So’nggi yangiliklar

09:57«Атлетико» икки нафар Европа чемпионлари билан шартнома тузмоқчи  0 09:28Месси ХХI асрнинг энг яхши спортчилар рейтингининг ТОП-3лигидан жой олди. Роналду эса…  8 09:00Слот «Ливерпуль» бошқарувидаги дебют ўйнида Чемпионшип вакилига мағлуб бўлди  1 08:31«Пахтакор»нинг яна бир футболчиси «Металлург»га ижарага берилди  0 08:05АПЛ. Ким энг кўп ойлик олади?  0 07:37«Манчестер Юнайтед» олти нафар футболчисини сотишга тайёр  3 02:35Тожикистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Бугун кучлироқ жамоа ғалаба қозонди"  1 01:38Хосе Венансио Лопес: "Адолатли натижа қайд этилди. Жорий йиғин давомида кўпроқ ҳимоя чизиғини яхшилаш ҳаракатидамиз"  2 01:05ОФК президенти Париж Олимпиадасида Осиё номидан иштирок этувчи терма жамоалар ва мусобақа расмийларига табрик йўллади  0 00:46Трент Беллингем билан дўстлиги сабаб "Реал Мадрид"га ўтиши мумкин  1 00:10"Сўғдиёна" Суҳроб Иззатов ва Умид Султонов трансферини эълон қилди  3 23:46"Локомотив" ўртоқлик ўйинида Қувайт клубига имкониятни бой берди  2 23:18"Динамо"да кўрикдан ўтаётган бразилиялик вингерга жавоб берилди  3 22:52Ўртоқлик ўйини. "Динамо" Қирғизистон клубини яна бир марта мағлуб этди  6 22:20Интервью. Шавкат Саидов: "Яна янгиликларимиз бор"  1

ECHLda "Borussiya"ga gol urgan va "Real" bilang durang o'ynagan hamda chempionlikni nishonlash paytida jarohat olgan "Paxtakor"ning yangi o'yinchisi bilan yaqindan tanishamiz Yangiliklar

ECHLda "Borussiya"ga gol urgan va "Real" bilang durang o'ynagan hamda chempionlikni nishonlash paytida jarohat olgan "Paxtakor"ning yangi o'yinchisi bilan yaqindan tanishamiz

Kuni kecha "sherlar" polshalik ikkinchi futbolchi bilan shartnoma imzoladi.

1991 yilning 20 martida Polshaning Varshava shahrida tavallud topgan Mixal Kuxarchik faoliyatini mamlakatning uchinchi divizion vakili "Svit" klubi safida boshlagan. 2008 yilning 15 mart kuni"Stomil"ga qarshi o'yinda debyutini o'tkazdi. 12 aprel sanasida esa "UKS Lodz"ga qarshi bahsda dublga erishdi. Umuman olganda, Kuxarchik mavsum yakuniga qadar 12 o'yin o'tkazib, 3 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Kelgusi mavsum esa 24 o'yinda 24 ta gol urib, uchinchi liganing eng yaxshi to'purariga aylandi. Jumladan, 2009 yilning 18 aprelida "UKS Lodz" darvozasini besh marotaba ishg'ol qildi. 

2009 yilning 20 iyulida hujumchi Varshavaning "Legiya" klubi bilan besh yillik shartnomaga imzo chekdi, biroq darhol "Svit"ga ijaraga berib yuborildi. Faqatgina 2010/11 yilgi mavsum oldidan "Legiya"ga qaytdi.

SHu yilning 24 sentyabrida yuqori diviziondagi ilk golini urdi. Mavsum davomida Mixal 34 o'yin o'tkazib, 8 ta to'p kiritdi. SHu jumladan, jamoa bilan Polsha kubogi finalida "Lex"ni mag'lub etib, titulni boshi uzra yuqori ko'tardi.

2011 yilning 28 iyulida Kuxarchik Evropa ligasi saralash bosqichi doirasida Turkiyaning “Gaziantepspor” jamoasiga qarshi o'yinda debyut qildi evrokuboklardagi ilk uchrashuvini o'tkazdi. Moskvaning “Spartak” klubiga qarshi navbatdagi bosqichning safar uchrashuvida esa gol urib, jamoasi uchun guruh bosqichiga eshigini ochdi. 2011/12 yilgi mavsumda hujumchi 35 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol urdi va yana Polsha kubogi sohibiga aylandi.

2012/13 yilgi mavsumda u “Legiya” bilan “oltin dubl”ga erishib, 34 uchrashuvda 4 ta gol urdi.

Kuxarchik Polsha terma jamoasi safida 2011 yilning 6 fevralida Moldova (1:0)ga qarshi bahsda debyut qildi. Norvegiyaga qarshi bellashuvda esa terma jamoa safidagi birinchi va yagona golini urishga muvaffaq bo'ldi.

Mixal 2012 yil Polshaning Evropa chempionatida ishtirok etadigan futbolchilarning kengaytirilgan ro'yxatidan o'rin oldi, ammo yakuniy ro'yxatdan tushib qoldi. 

Polshaning o'sha vaqtdagi bosh murabbiyi Francishek Smuda bu qarorni shunday izohlagandi: "Afsuski, bu faoliyatimdagi eng og'ir qarorlardan biri. Mixal ajoyib istedod egasi. U hali yosh va butun faoliyati oldinda".

2016 yil ham saralash bahslari doirasida jarohatga yo'liqadi va uning o'rniga Sebastyan Melic chaqiriladi.

SHu yilning may oyida "Legiya" bilan chempionlikni nishonlayotgan futbolchi qo'lidan jarohat oladi. Vinger minbardan sirg'anib, erga yiqiladi. Avaliga buni hazil deb tushungan jamoadoshlari keyinroq jarohat jiddiy ekanligini tushunib etadi.

VIDEO

SHu yilning 2 noyabr kuni CHempionlar ligasi guruh bosqichi doirasida "Real Madrid"ga qarshi erishilgan durangda (3:3) hissa qo'shdi. 

22 noyabr kuni esa 5-tur doirasida Dortmundning “Borussiya” klubiga qarshi o'yinda (4:8) u Varshava jamoasining uchinchi golini urdi. 

Raqibga qarshi o'yinimizdan mamnunman. Agar darvozamiz yonida "avtobus" qo'yganimizda, nemislar baribir besh-oltita gol urishi mumkin edi. Biz futbol o'ynayshni xohladik. To'g'ri, ko'p xatolarga yo'l qo'ydik, lekin bu bizga saboq bo'ldi.

Kuxarchik 2018 yilning avgustida Evropa ligasi saralash bosqichi doirasi "Dyudelanj"ga qarshi saralashning 3-bosqichida maydondan chetlatildi. UEFA uni 5 ta o'yinga diskfalifikaciya qiladi, shu bois u kelasi mavsum Evropa Konferenciyalar ligasida ham jamoasiga yordam bera olmaydi.

Keyinchalik “Legiya” vinger bilan shartnoma imzolamadi. Aniqrog'i, yangi shartnoma imzolanishi kerak edi, biroq klub bosh murabbiyi Aleksandr Vukovich buni istamadi. Hatto bir muddat u o'rinbosarlar jamoasiga o'tkazib yuborildi. Bunga esa uning mashg'ulotlardagi xatti-harakatlari sabab sifatida keltirilgan.

"Meni jamoadan badarg'a qilishdi. Buning sababini hozir aytmoqchi emasman, vaqti kelganda oshkor etaman. "Legiya"da ko'p yil birga faoliyat olib borgan odamlar bilan xayrlasha olmaganimdan afsusdaman. Kimdir boshqani yoqtirishga majbur emas, lekin bir narsani yodda tutish kerak: hurmatni... Eng katta orzuim "Legiya" safida hech bo'lmaganda bitta o'yin o'tkazish edi. SHukrki, kareramning 1/3 qismini, yani 9 yilni shu erda o'tkazdim. Aslida, shartnoma muddati uzaytirilishi va men klubda qolishim kerak edi. Ammo bu voqea sodir bo'lmadi. Men bunga tayyor emasdim. "Legiya" bilan shartnomani uzaytirish uchun ko'pgina takliflarni rad etgandim. Klub bilan xayrlashishni istamayman, tez orada ko'rishamiz. Men, albatta, qaytaman".

To'qqiz yil ichida Kuxarchik "Legiya" safida 349 ta o'yinda maydonga tushib, 71 marta raqiblar darvozasini ishg'ol qildi. Jamoa bilan besh marta Polsha chempioni bo'ldi va olti marta mamlakat kubogida g'alaba qozondi. SHuningdek, Mixal CHempionlar ligasi (guruh bosqichida gol urdi) va Evropa ligasida ishtirok etdi. Kuxarchik 2011–2015 yillarda Polsha sharafini himoya qilib, 9 ta o'yinda 1 ta gol urdi.

Mixal 2019 yilning iyul oyida erkin agent sifatida "Ural"ga ko'chib o'tdi va bir yillik shartnoma imzoladi. Rossiya klubi safida 19 ta o'yin o'tkazib, hisobiga bitta gol va bitta assist yozdirib qo'ydi. 

Bir yildan so'ng jamoani tark etib, yurtiga qaytdi va "Pogon" bilan uch yillik shartnoma imzoladi. 2020/21 yilgi mavsumda u jamoaning asosiy o'yinchilaridan biri bo'ldi hamda 30 o'yinda 7 ta gol urib, beshta golli uzatmani amalga oshirdi. Jamoa esa chempionatda uchinchi o'rinni egallab, Evropa ligasi saralash bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi. 

2021 yil u "Pogon" safida sobiq jamoasi "Legiya"ga qarshi o'yinda jamoasi bilan ustun keladi, ammo o'yindan keyin g'alabani faqatgina u nishonlamaydi.

Uch mavsum davomida u 79 o'yinda 12 ta gol urdi. Biroq shartnoma muddati yakunlangach, kelishuv uzaytirilmadi. Futbolchi esa jismoniy holatini saqlab turish maqsadida yarim yil uchinchi divizion vakili, o'zining ilk jamoasi "Svit" bilan shug'ullanib turdi.

Kecha esa 32 yoshli futbolchi Toshkentning "Paxtakor" klubi bilan shartnoma imzoladi. Uning jismoniy holati qay darajada ekanligi haqida transferning to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligini esa ikkinchi davra davomida guvoh bo'lamiz. Darvoqe, "sherlar" safida uning hamyurti Pshemislav Banashak ham to'p tepadi.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика