So’nggi yangiliklar

10:20Клаудио Раньерининг танқиди «қиммат»га тушди  0 10:05Футбол олами. Суперлига-2025'га ким қандай тайёрланди?  2 09:53«Реал»нинг «Атлетико»га қарши баҳс учун қайдномаси эълон қилинди  5 09:25"Қизилқум"нинг 2025 йилги мавсум учун қайдномаси эълон қилинди   3 08:52Opta ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини янгилади  11 08:23Sofascore. Кечаги учрашувда Жалолиддин Машариповнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  4 07:54"Бухоро"нинг 2025 йилги мавсум учун қайдномаси эълон қилинди  2 07:27Элит ОЧЛ. Бугун «Пахтакор» «Ал Ҳилол»ни меҳмон қилади  8 04:32"Жар"да қорбўрон ўйнаган "Ал Ҳилол" машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  6 04:28ОФК ЭЧЛ. "Ал Васл" ғалабани қўлдан чиқарди  0 04:15А Серия. "Ювентус" ғалаба қозониб, кучли тўртликка қайтди  3 01:11"Ал Ҳилол" устози: "Биз ушбу мусобақанинг финал баҳсида ўйнашни мақсад қилганмиз"  5 23:40Пицца тайёрловчи компания МЮ устидан кулди  10 23:11Озарбайжон. Абдихолиқов тўлиқ ўйнади, Жалолиддинов захирадан баҳсга қўшилди  2 22:58ОФК ЭЧЛ. Эрондаги баҳсда гол киритилмади, Машарипов захирадан майдонга тушди  4

ECHL. "Yuventus" Kievning "Dinamo" klubini yirik hisobda taslim etdi Yangiliklar

ECHL. "Yuventus" Kievning "Dinamo" klubini yirik hisobda taslim etdi

CHempionlar Ligasi "G" guruhi 5-turidan o'rin olgan uchrashuv matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.


Yuventus (Italiya) – Dinamo Kiev (Ukraina) 3:0 

«Alyanc Stedium»

Gollar: Keza 21', Ronaldu 57', Morata 66'

Yuventus – SHensni, de Ligt, Demiral (Dragushin, 69), Bonuchchi (Danilo, 62), Aleks Sandro, Bentankur (Artur, 76), Makkenni, Remzi (Bernardeski, 62), Keza (Kulushevski, 76), Ronaldu, Morata.

Dinamo Kiev – Bushan, Zabarniy, Kendzera, Mikolenko (Karavaev, 84), Popov, Verbich (Supryaga, 72), SHaparenko, Cigankov (Lednev, 90), SHepelev (Garmash, 72), Rodrigesh (De Pena, 72), Sidorchuk.

Ogohlantirishlar: Bentankur (10), Zabarniy (27), SHaparenko (81).


Bahs yakunlandi. "Yuventus" muxlislarini muvaffaqiyatli natija bilan tabriklaymiz. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi uchrashuvlarda g'oyibona ko'rishguncha! 

90+1. "Dinamo"da o'zgarish: Cigankov o'rniga Lednev o'yinni tugatib qo'yadi. 

90+1. Zarbaaa!  SHaparenkoning ajoyib zarbasini SHensni qaytardi. 

Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi. 

89. De Pena olisdan zarba yo'llashga urindi, ammo uning rejasi chippakka chiqib, zarba ancha noaniq ketdi. 

87. Morata Bernardeskini pas bilan taminladi, uning zarbasi yo'liga esa himoyachilar qarshi chiqishdi. 

85. Ronaldu dubl qayd etish istagida zarba berdi, mmo zarbani "bloklashdi". 

84. "Dinamo"da o'zgarish: Mikolenko o'rniga Karavaev tushirildi.

83. Zarbalar bo'yicha – 14:5. Turinliklar foydasiga. 

81. SHaparenko Makkenniga nisbatan qo'pol o'ynadi va sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.

79. De Pena markazga Supryaga tomon pas uzatdi, ammo de Ligt o'z vaqtida bu uzatma yo'liga to'g'anoq bo'ldi.

78. Zabarniy "Yuventus"ning qarshi hujumini uzib qo'ydi.

77. Uuuuxx! Aleks Sandroning uzatmasidan keyin darvozani tark etgan Bushan xatoga yo'l qo'ydi, sal qolsa Morata bundan unumli foydalanib ketishi mumkin edi.

76. "Yuventus"da 2 ta almashtirish: Bentankur o'rniga Artur, Keza o'rniga Kulushevski o'yinni davom ettiradi. 

72. "Dinamo"da 3 ta o'zgarish: Rodrigesh o'rniga De Pena, SHepelev o'rniga Garmash, Verbich o'rniga Supryaga tushdi. 

69. "Yuventus"da almashtirish: Demiral o'rniga Dragushin tushirildi. 

66. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Morata!  Kezaning pasidan so'ng Alvaro Morata chamasi 13 metrdan gol urib, hisobni yiriklashtirdi – 3:0! 

63. Bernardeski tushishi bilan o'yinga kirishib ketdi, uning uzatmasi noaniq ko'rinish kasb etdi.  

62. "Yuventus"da 2 ta o'zgarish: Bonuchchi o'rniga Danilo, Remzi o'rniga Bernardeski tushdi. 

59. Gol VARda tekshirildi va inobatga olindi. 

57. GOOOOOOOOOOOOOOOOL! Ronaldu!  2:0!  Keza zarba berdi, darvozabon qaytargan to'p Morata, so'ng Krishtianuga etib keldi, portugaliyalik to'pni bo'sh darvoza joylab qo'ydi. 

56. Remzining ichkariga uzatgan pasini Bushan ilib oldi. 

55. Zarbaaaa!  Ronalduning zng oyoqdagi kuchli zarbasini Bushan qaytara oldi. Ajoyib seyv! 

54. Mehmonlar bir nechta urinishlardan so'ng burchak to'pi ishlashdi. To'p o'yinga kiritildi, keyingi vaziyatda Cigankovning zarbaga aylanib ketgan uzatmasini SHensni qaytardi! 

52. "Dinamo" to'p bilan muomala qilmoqda, kievliklar vaziyat hosil qilishga harakat qilmoqdalar. 

50. Cigankov "Yuventus" sardori Bonuchchiga nisbatan qoidani buzdi. 

49. Ronalduning uzatmasidan so'ng Kendzera to'pni uzoqlashtirdi. 

48. SHaparenkoning uzatmasidan keyin Verbich bosh bilan zarba berdi, kichik rikoshet yuzaga keldi va to'p SHensnida.  

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 1:0. Tanaffus! 

Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi. 

45. Kendzeraning uzatmasini so'nggi daqiqalarda eng faol bo'lib turgan SHensni ushlab oldi.

42. Jerson Rodrigesh olisdan zarba yo'lladi, SHensni o'z o'rnida!

41. Uuuuuxx!  Cigankovning birga-bir holatda yo'llagan zarbasini polshalik darvozabon SHensni qaytarib, "Yuve"ni qutqardi!   

40. Krishtianu bir nechta raqibni aldab o'tib, vaziyat yaratishga urindi, ammo yakunda noaniq pas berdi. 

38. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 55% - 45%

36. Mikolenko Kezani ham qanotda, ham markazda, ham himoyada, ham hujumda tinch qo'ygani yo'q.

34. Merix Demiral muhombirlik bilan raqibini to'xtatib qoldi, aks holda Rodrigesh qulay vaziyatga chiqib borgan bo'lardi.

32. "Dinamo" qarshi hujumga o'tishga urinib ko'rdi, ammo o'xshamadi, hujum himoyadan quriladigan bo'ldi. 

30. Zarbaaaaaa! Ronalduning kuchli zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi. 

28. Morata "Dinamo" jarima maydonchasi ichida yiqildi. Lekin Kendzera bilan yuzaga kelgan vaziyat penaltiga tortmas edi.

27. Zabarniy Moratani tirsagi bilan urib yuborgani bois ogohlantirildi. 

24. Mikolenko o'z jarima maydoni yaqinida xatoga yo'l qo'ydi, sal qolsa Morata vaziyatdan foydalanib ketishi mumkin edi.

23. Bentankurning burchakdan oshirgan to'pini Popov qaytardi. 

21. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLL!  Sandroning uzatmasidan keyin Keza boshi bilan gol urdi!  1:0! 

18. Uuuuxx! Ronalduning chap oyoqda yaqin masofadan bergan zarbasi ozgina noaniq ketdi.

17. Qanday vaziyat! Keza burchakdan uzatmani qayd etdi, Makkennining bosh bilan yo'llagan zarbasini esa Bushan qaytardi!

15. Yana Keza o'ngda faollik ko'rsatdi. Mikolenkoni birga-bir holatda aldash itsgida edi, ammo himoyachi to'pni uzoqlashtirishning uddasidan chiqdi.

14. Keza Makkennidan pas qabul qildi va to'pni ichkariga oshirdi, Mikolenko himoyada yaxshi o'ynab, xavfning oldini olishga erishdi.

13. Rodriges chapda Demiralni yaxshi aldadi va ichkariga oshiqdi, biroq Bentankur raqibni "yopib" qo'ya oldi. 

11. Kendzera SHepelevdan to'pni qabul qilib, o'ng qanotdan ochilib bordi. U Sandroni ortda qoldirdi va to'pni ichkariga oshirdi, vaziyatni diqqat bilan kuzatib borgan Bonuchchi xavfli holatni bartaraf etdi. 

10. Bentankur SHaparenkoni yiqitdi va sariq kartochka oldi.

8. Zarba!  Kezaning chamasi 20 metrdan bergan zarbasiga aniqlik etishmadi.

5. Verbich o'ng qanotdan tezlik oldi, u Makkennidan o'tib ketmoqchi bo'ldi, ammo "Yuventus" o'yinchisi "podkat" orqali to'pni olib qo'ydi.  

4. Aleks Sandro hujumga o'tmoqchi bo'ldi, biroq unga to'p kelgach, ofsayd qayd qilindi. 

3. Krishtianu Ronalduning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi samara keltirmadi.

1. O'yin boshlandi! 

"Yuve" stadionda 

- Assalomu alaykum, qadril futbol ishqibozlari! Bugun "Yuventus" ECHL guruh bosqichi 5-turida o'z maydonida Kievning "Dinamo" klubini qabul qiladi. Uchrashuvni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz. 

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика